Navoiyda yoshlar festivali davom etmoqda

Batafsil: Yaratildi: 17.06.2021 09:56 Tahrirlandi: 17.06.2021 09:56 Ko'rishlar soni: 285

16 iyunda kunning ikkinchi yarimida Navoiy shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasidagi tadbirlar davom etdi. Shahrimizning keng ko‘chalari, ko‘rkam xiyobonlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat saroylari yoshlar, aholi vakillari, mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

00171

Jumladan, “Farhod” madaniyat saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda 14 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy mashinasozlik zavodining yosh ishchi-xodimlaridan tashqil topgan jamoa faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

00172

Shuningdek, madaniyat saroyining old maydonida samolyotlar maketlari ko‘rgazmasi, Bolalar ijodiyoti markazi robototexnika to‘garagining ishtirokchilari o‘rtasida robotlar jangi bo‘lib o‘tdi.

00173

Shu bilan birga “Farhod” madaniyat saroyining ijodiy jamoalari va xonandalari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

00174

00175

Navoiyda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali 17-18 iyun kunlari ham davom etadi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6804

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6332

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3746

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3539

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2911



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish