Yoshlarni birlashtirgan festival

Batafsil: Yaratildi: 16.06.2021 15:44 Tahrirlandi: 17.06.2021 08:03 Ko'rishlar soni: 275

Iyun oyi yoshlarimiz uchun haqiqiy bayramga aylandi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida hududlarda yoshlar oyligi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlar dasturidan o‘rin olgan festivallar, turli tanlovlar, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar va aksiyalar yoshlarimizni yanada faollikka daʼvat etmoqda.

00161

Shunisi quvonarliki, iyun oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Bo‘zatov Respublika yoshlar ovozi” festivali, Sirdaryo viloyatida “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivali, Farg‘ona viloyatida “Talabalar bahori – 2021” festivali, Surxondaryo viloyatida “Munozara” intellektual respublika turniri, Xorazm viloyatida “Yoshlar – O‘zbekistonning bebaho xazinasi” festivali bo‘lib o‘tgani va o‘tayotgani yuzlab iqtidorlilar, bilimdonlar, chempionlarni kashf etib, millatlararo totuvlikni mustahkamlamoqda. Eng muhimi, bu saaʼy-harakatlar zamirida yangi O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ahillik, jipslik, ular qalbiga mustaqillik shukuhini olib kirishdek ulug‘ maqsadlar mujassam.

Matbuot, internet tarmoqlari orqali mazkur yoshlar oyligi shu davrga qadar ko‘plab huddudlarda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tayotganiga guvohmiz. Bugun uning shukuhi Navoiy viloyati yoshlari hayotiga kirib keldi. Jumladan, shu yilning 16-18 iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Viloyatning ko‘plab yoshlarini o‘z atrofida birlashtirgan festival doirasida 50 ga yaqin loyihalar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Erta tongdan bayram shukuhiga bezangan Navoiy shahrida asosiy bayram tadbirlariga start berildi. Ushbu tadbirlarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan ham 200 nafar faol, tashabbuskor yoshlar vakillari ham ishtirok etishmoqda.

00162

Xususan, kuning birinchi yarimida Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” majmuasida matbuot va ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani, buyuk mutafakkir A.Navoiy haykali maydonida mushoira kechasi, “Zamonamiz qahramonlari” loyihasi doirasida malakali shifokorlar va tajribali o‘qituvchilar bilan uchrashuv, mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy madaniy markazlar chiqishlari, yosh sportchi oilalar o‘rtasida estafeta, “Yosh kitobxon oila” tanlovi, “Yosh oshpazlar” bellashuvi, biznes sayohat kabi tadbirlarga boy bo‘ldi. Bunday rang-barang dasturlar yoshlarimiz qalbida ulkan taassurot qoldirdi.

00163

00164

Yana shuni mamnuniyat bilan taʼkidlash joizki, kuning ikkinchi yarimida va kechki paytda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar undanda qiziqarliroqdir. Albatta, buni eshitgandan ko‘ra, ko‘z bilan ko‘rgan yaxshi. Shunday ekan, hamkasblarimizni oila aʼzolari bilan Navoiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan qiziqarli, hayajonli festival tadbirlarini miriqib tomosha qilishga chorlab qolamiz.

00165

00166

Ha darvoqe, kechki dasturlarda elimiz suygan o‘nga yaqin taniqli sanʼatkorlar, boshlovchilar, badiiy jamoalar chiqishlari, shuningdek, yaqin kunda barchamiz orziqib kutayotgan Navoiy osmonida dronlar shousi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Shahrimizda yoshlar festivali davom etmoqda...

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6804

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6332

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3746

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3539

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2912



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish