Kun tartibida – dolzarb mavzu

Batafsil: Yaratildi: 14.06.2021 14:56 Tahrirlandi: 14.06.2021 14:56 Ko'rishlar soni: 173

Yaqinda “1-GMZ” kon boshqarmasida ishchi-xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga barham berish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

000141

Uchrashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, kon boshqarmasi bosh mutaxasislari va bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir boshlanishida “Korrupsiya – umr zavoli” nomli videolavha namoyish etildi.

Tadbirda maʼruzachilar so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini qonunchilik darajasida oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligini qayd etishdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida qisqacha so‘zlab berishdi.

Shu bilan bir qatorda, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklari himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, bu borada xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyatli institutlari hamkorligini yana-da kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar korrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bilan almashishdi. Kon boshqarmasi vakillarining savollariga atroflicha javoblar berildi.

R.NORMUROTOV,

“1-GMZ” kon boshqarmasi maʼnaviyat va maʼrifat

ishlari bo‘yicha masʼul xodimi.

I.BAROTOV,

Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori yordamchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6804

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6332

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3746

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3539

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2912



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish