Bir guruh xodimlarga davlat tilida ish yuritish sertifikatlari topshirildi

Batafsil: Yaratildi: 11.06.2021 10:45 Tahrirlandi: 11.06.2021 10:45 Ko'rishlar soni: 168

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida davlat tilida ish yuritish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Shu jumladan, korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish borasidagi bilim va malakalarini muntazam ravishda oshirib borish muhim vazifalardan biridir.

0001011

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 martda qabul qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan kombinatda ham o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Ushbu kurslarda ishchi-xodimlarning o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahorati oshirilayapti.

Kombinat bo‘linmalarida masʼul xodimlarning davlat tilida ish yuritishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqini inobatga olgan holda Navoiy davlat pedagogika instituti huzurida tashkil etilgan markaz professor o‘qituvchilari jalb qilinib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari Zafarobod qo‘rg‘onidagi 5-kon boshqarmasi va Zarafshon shahridagi Markaziy kon boshqarmasida olib borildi.

Yaqinda Zafarobod qo‘rg‘oni va Zarafshon shahrida ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘linmalarning bir guruh mutaxassislariga sertifikatlar topshirildi.

- Tashkil etilgan o‘quv kurslaridan juda mamnunman. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘qituvchilariga o‘z bilim va ko‘nikmalarini tinglovchilar o‘rtasida sabr va qanoat bilan yetkazgan markaz o‘qtuvchilaridan minnatdormiz, - deydi 5-kon boshqarmasi devonxona mudiri S.Zaitova.

A.RO‘ZIYEV,

NKMK Maʼnaviyat va maʼrifat

markazi mutaxassisi.  

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6804

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 6332

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3746

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3539

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2912



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish