Sport – sog‘lik garovi

Batafsil: Yaratildi: 01.05.2021 14:14 Tahrirlandi: 01.05.2021 14:14 Ko'rishlar soni: 181

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Har haftada jamoa aʼzolari o‘rtasida bunday sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, chiniqtirish mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotiga aylantirishga qaror qilgan hamkasblarimiz mazkur tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda.  

0306

1 may kuni korxona ishchi-xodimlari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosiga qaratilgan "Har haftada marafon" shiori ostida yugurish marafoni tashkil etildi. Unda ishtirokchilar yana bir karra o‘zlarining jismoniy salohiyatlarini namoyon etishdi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar, marraga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan peshqadamlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. 

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6240

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5782

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3477

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3321

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2666



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish