Xotira bor ekan – millat barhayot

Batafsil: Yaratildi: 01.05.2021 13:45 Tahrirlandi: 01.05.2021 14:22 Ko'rishlar soni: 188

Xalqimizning nuroniy otaxonu onaxonlari qo‘llarini duoga ochganda, albatta yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishligini so‘rashadi. Tinchlik hukmron bo‘lgan joyda esa shubhasiz barqaror rivojlanish, fayzu baraka bo‘ladi.

Urush o‘zi nomi bilan urush. Bugungi avlod tinchlik zamonida yashab, uning qadriga yetishi lozim. Ikkinchi jahon urushi millionlab insonlarning yostig‘ini quritdi, minglab shahar va qishloqlar vayronaga aylandi. Eng achinarlisi, jangohlarda kimdir otasini, kimdir esa biror yaqin kishisini yo‘qotdi. Xalqimizning Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va sadoqati, Front ortidagi zahmatli mehnatini madh etish yosh avlodda ajdodlar bilan faxrlanish va vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

0307

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi NKMK yoshlari yetakchilari Kengashi bilan hamkorlikda “Xotira bor ekan – millat barhayot” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etmoqda. Yaqinda kombinat yoshlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari karmanalik Pirnazar bobo Turdiyev va navbahorlik Bafo bobo Bahronov xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Bugungi kunda pir-badavlat bo‘lib umrguzaronlik qilayotgan otaxonlar urush va undan keyingi suronli yillar, o‘sha davrlarda xalqimiz boshidan kechirgan turli sinovu qiyinchiliklar haqida so‘z ochib, yosh avlodni bugungi tinch hamda osoyishta hayotimizning qadriga yetish, shukronalik bilan yashashga undovchi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6241

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5783

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3479

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3322

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2667



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish