Eʼtibor va rag‘bat

Batafsil: Yaratildi: 01.05.2021 13:27 Tahrirlandi: 05.05.2021 10:17 Ko'rishlar soni: 608

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o‘ziga xos yaxshi anʼanalar yo‘lga qo‘yilgan, turli tanlovlar tashkil etilgan. “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi”, “IT Challenge” va “Yilning eng yaxshi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” singari tanlovlar shular jumlasidandir.

0301

30 aprel kuni “NKMK tarixi” muzeyida 2020 yil yakunlari bo‘yicha mazkur tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda so‘z olgan NKMK bosh muhandisining innovatsion rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari K.Dadabayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i B.Davlatov, Yoshlar yetakchilari Kengashi raisi S.Rajabovlar ishtirokchi va g‘oliblarni tabriklab, kombinat tomonidan mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar va galdagi rejalar haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir so‘ngida ushbu tanlovlarning 2020 yilgi g‘oliblari eʼlon qilindi.

“Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi” tanlovi komissiyasiga 2020 yilda jami 113 nafar ishtirokchidan 141 ta ratsionalizatorlik takliflari kelib tushdi. Komissiya tomonidan ular orasidan 9 ta yo‘nalish bo‘yicha eng munosib topilgan g‘oliblar aniqlandi. Jumladan, “Geologiya” yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi sohibi Markaziy kon  boshqarmasi “Muruntov” shaxtasi konchilik byurosi boshlig‘i Zohid Omonov, “Konchilik” yo‘nalishi bo‘yicha Shimoliy kon boshqarmasi “Sharqiy” koni bosh muhandisining konchilik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Kamolov, “Oltin ajratib olish texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodi ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shahobiddin Ahmedov, “Geotexnologiya” yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy kon boshqarmasi “Sobirsoy” koni uchastka elektromexanigi Laziz Mavlonov, “Mexanika” yo‘nalishi bo‘yicha Shimoliy kon boshqarmasi muhandis-konstruktori Farrux Mahkamov, “Energetika” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘nalishida Tarmoq va podstansiyalar sexi elektromontyori Yuriy Lyoshkin, “Transport” yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy kon boshqarmasi 9-avtokorxonasi bo‘lim boshlig‘i Zavqiddin Ziyotov, “Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha 5-kon boshqarmasi nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi muhandis-elektrigi Hayotjon Izatullayev, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha Shimoliy kon boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari markazining muhandis-dasturchisi Jonibek Safarov tanlov g‘oliblari, deb topildi.

0302

Shuningdek, o‘tgan yili ilk bor kombinat yoshlari o‘rtasida “IT Challenge” tanlovi o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar ishtirokchi o‘zlarining 21 ta loyihalari bilan ishtirok etishdi. Tanlov yakuniga ko‘ra, “2020 yilda tadbiq qilingan loyihalar” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni Shimoliy kon boshqarmasi muhandis-dasturchisi Jonibek Safarov olgan bo‘lsa, “Joriy etilmagan yangi loyihalar” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni Markaziy loyihalash byurosi muhandisi Shoxrux Hasanov qo‘lga kiritdi.

0303

“Yilning eng yaxshi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovida esa Shimoliy kon boshqarmasi yoshlar yetakchisi Farrux Abdimuminov 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Yilning eng yaxshi jamoatchilik asosidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” nominatsiyasida Shimoliy kon boshqarmasi Geotexnologiya koni yetakchisi Alisher Niyazov qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7600

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 7109

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4024

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3855

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3174



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish