Sanoat yarmarkasi: sarhisob va tahlil

Batafsil: Yaratildi: 26.04.2021 16:15 Tahrirlandi: 26.04.2021 16:16 Ko'rishlar soni: 398

Joriy yilning 22-24 aprel kunlari Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning 60 ga yaqin yirik sanoat korxonalari, shuningdek, 600 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘zlarining ikki ming turdan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

010

Uch kunlik tadbir ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar uchun haqiqiy muloqot, hamkorlik maydoniga aylandi. Ishlab chiqaruvchi va xaridorlar o‘zaro fikr almashib, istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi. Do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro kengashib oldilar. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlar bilan tanishdilar. Pirovardida kutilganidan ziyoda natijaga erishildi.

020

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazidan olingan maʼlumotga ko‘ra, ushbu yarmarka doirasida umumiy qiymati 421 milliard so‘mlik 1 336 ta shartnoma hamda 269 ta hamkorlik memorandumlari imzolangan.

030

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ham yarmarkada o‘zining keng turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, korxona tomonidan kooperatsiya birjasi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilardan qiymati 225,7 milliard so‘m bo‘lgan sanoat mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha umumiy 117 ta  shartnoma, shuningdek, o‘z mahsulotlarini sotish bo‘yicha qiymati 2,72 milliard so‘m bo‘lgan 10 ta shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, 45 ta ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik memorandumlari tuzildi.

040

Bir so‘z bilan aytganda, har jihatdan yuqori saviyada o‘tgan ushbu sanoat yarmarkasi qizg‘in muloqotlar, kelishuv va yangi hamkorlar topishda katta imkoniyatlarni yaratdi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6240

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5782

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3477

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3321

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2666



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish