Samarali hamkorlik

Batafsil: Yaratildi: 24.04.2021 08:53 Tahrirlandi: 27.04.2021 08:19 Ko'rishlar soni: 151

23 aprel kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi yanada qizg‘in tus oldi. Yarmarkada  ishtirok etayotgan 600 dan ortiq korxonalar vakillari, tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etayotgan ishlab chiqaruvchilar faol ishtirok etishdi. Tadbirda ko‘plab istiqbolli hamkorlik, kelishuvlarga erishildi.

0001

Tadbirning tantanali qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari G.Saidova, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari B.Abdinazarov, Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov so‘z olib, ushbu nufuzli tadbirdan ko‘zlangan maqsad haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

0002

Shundan so‘ng ishtirokchilar NKMK, “Navoiyazot” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Gidro stanko servis” MCHJ singari yetakchi tarmoq korxonalari tomonidan o‘tkazilgan taqdimotlar bilan yaqindan tanishdilar.

0003

Yarmarka qatnashchilari va OAV vakillari uchun Navoiy shahrida faoliyat olib borayotgan bir qator tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek, Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi texnopark, institut iqtidorli o‘qituvchi va talabalari tomonidan namoyish etilgan innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi, “Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasiga press-tur tashkil etildi.

Yarmarka 24 aprel kuni ham o‘z ishini davom ettirdi.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 2876

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2564

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2686

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2024

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2323



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish