So‘z – yarmarka ishtirochilariga!

Batafsil: Yaratildi: 22.04.2021 16:52 Tahrirlandi: 26.04.2021 08:19 Ko'rishlar soni: 159

Bahriddin BO‘RONBOYEV – “Andijon energo ta‘mirlash” MCHJ bosh muhandisi:

DSC_0050

Bizning korxonamiz 2014 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni paytda 60 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilib, 200 turdan ortiq mahsulotlar, jumladan, energetika sohasi uchun turli darajadagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Jamiyatimiz yaqinda tashkil topganligiga qaramay, bozordan o‘z o‘rnini topishga erishdi. Ayni paytda faoliyatimizni yana-da kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi loyihalar ustida ish olib borayapmiz. Bunday yarmarkalarda tez-tez qatnashib turamiz. Navoiy viloyatiga o‘z mahsulotlarimiz bilan birinchi kelishimiz. Nasib bo‘lsa, ushbu yarmarkada yaqin hamkorlarimizni topamiz, degan umiddamiz.

 

YULIYA TAKMANOVA – “Gidro stanko servis” MCHJ xodimi (Navoiy shahri):

DSC_0045

2007 yilda tashkil topgan bizning jamiyat tog‘-shaxta sanoati uchun turli turdagi nostandart mahsulotlar ishlab chiqarish, metalga ishlov berish va tegishli sanoat uskunalarini taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi. Asosan kon, kimyo, energetika, neftogaz soha va tarmoqlariga xizmat ko‘rsatamiz. Mahsulotlarimiz bilan ichki bozorga kirib borayapmiz. Bugungi yarmarkaga ham o‘ziga xos katta tayyorgarlik, yaxshi niyatlar bilan tashrif buyurganmiz.

 

Umidjon BERDIYEV – “Al‘fa invest” MCHJ tadbirkori (Buxoro viloyati):

DSC_0048

Yaqin tadbirkor do'stimdandan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida sanoat yarmarkasi bo‘layotganini eshitib, bugun Qorovulbozordan yetib keldik. Haqiqatda, viloyatlarda bu darajada tayyorgarlik ko‘rilgan yarmarkani ko‘rmaganman. Konchilarga rahmat! Bizni iliq qarshi olib, barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Biz, yarmarkada ohaktoshdan yasalgan qurilishbop mahsulotlarimiz bilan ishtirok etayapmiz. Ertalabdan buyon ko‘plab qiziquvchilar hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini bildirishdi. Ishonamizki, tashrifimiz har jihatdan foydali yakun topadi.

 

Lobar ESHIMOVA – “Agama” to‘quv-trikotaj fabrikasi bosh texnologi (NKMK):

DSC_0042

Biz ham zamonaviy dizaynga ega ishlab chiqarish tarmoqlari ishchi-xodimlari uchun mo‘ljallangan maxsus kiyimlarimiz modellari bilan yarmarkada ishtirok etayapmiz. Ko‘rib turibsiz, qiziquvchilar soni ko‘p. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz yarmarka ishtirokchilarini o‘ziga jalb etayotganidan mamnunmiz. Hech shubhasiz, mohir tikuvchi-chevarlarimiz ko‘z nuri, qalb qo‘ri bilan tikilgan kiyim-boshlar ko‘pchillikka maʼqul kelayapti. Buni hamkasblarimga ham mamnuniyat bilan yetkazdim. Ular ham rosa xursand bo‘lishdi. Demakki, bizning mahsulotlarimiz xaridorgirdir.

 

Aliakbar BOBOQULOV – “Suvmash” AJ menejeri (Toshkent shahri):

Korxonamiz yarim asrlik tarixga ega. Mana shu davrda turli ko‘rinishdagi nasoslar va ehtiyot qismlari ishlab chiqaramiz. To‘rt yuz nafardan ziyod ishchi-xodimlarimiz raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, belgilangan rejalarni bajarish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Biz, o‘z mahsulotlarimizni nafaqat ichki bozorga yetkazib berayapmiz, balki O‘rta Osiyo davlatlariga ham eksport qilayapmiz. Bugungi yarmarkada o‘zimizning yuzdan ortiq turdagi mahsulotlarimiz bilan qatnashayapmiz. Eng muhimi, bizni taklif etgani va barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun tashkilotchilarga, Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ps: NKMK Matbuot markazi muxbirlari yana ko‘plab ishtirokchilar bilan suhbatlashdi. Yarmarka haqidagi tafsilotlar keyingi bosqichlarda keng yoritilib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting!

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 2876

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2564

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2686

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2023

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2322



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish