NKMKda sanoat yarmarkasi boshlandi

Batafsil: Yaratildi: 22.04.2021 16:44 Tahrirlandi: 27.04.2021 08:02 Ko'rishlar soni: 507

photo_2021-04-22_16-16-10

22 aprel kuni “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi tashrif buyuruvchilar bilan gavjum bo‘ldi. Mamlakatimizning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlar o‘zlarining ishlab chiqarayotgan yangi turdagi mahsulotlarini namoyish etishmoqda. Taʼkidlanishicha, yarmarkada 450 ga yaqin korxonalar, shu jumladan, 140 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari namoyishi bilan qatnashish taklifini bildirishgan.

1_9

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbir ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlarni yaratmoqda.

3_6

Shuni alohida taʼkidlash joizki, yarmarkada ko‘plab sanoat korxonalari qatorida Navoiy kon-metallurgiya kombinati ham o‘zining keng turdagi mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan faol qatnashmoqda. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlar tadbir qatnashchilarida katta qiziqish o‘yg‘otmoqda.

8_3

– Bunday tadbirlar har yili viloyat miqyosida o‘tkazilib kelinayotgandi. Bu yil esa bevosita respublika rahbariyati ko‘magida uning ko‘lami yana-da kengaydi. Shunga yarasha korxonamizda puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Yaratilgan shart-sharoitlardan mehmonlar xursand va mamnuniyat ekanliklarini taʼkidlashmoqda. Bunday yarmarkalarning tashkil etilishi, hech shubhasiz, ikki tomon, yaʼni, ishlab chiqaruvchi va xaridor uchun foydali. Yarmarka davomida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, kelishuvlarga erishish imkoniga ega bo‘lishadi, – deydi NKMK Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Sanaqulov.

10

Ishtirokchilar va OAV vakillari uchun 22 aprel kuni “Navoiyazot” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi, “Gidro stanko servis” MCHJ, shuningdek, Navbahor tumanidagi “Sarmishsoy” turistik bazasi, qadimiy qoyatosh rasmlari, Nurotadagi “Chashma” ziyoratgohiga press-tur ham tashkil etildi. Mehmonlar bevosita viloyatimizda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar, hudud sanoati va turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamizki, ushbu yarmarka shu yilning 23-24 aprel kunlari ham davom etadi.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6241

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5783

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3479

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3322

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2667



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish