Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Batafsil: Yaratildi: 16.04.2021 11:01 Tahrirlandi: 26.04.2021 08:21 Ko'rishlar soni: 209

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida keyingi yillarda kombinatda davlat tilida ish yuritish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarori dasturulamal bo‘lmoqda.

photo_2021-04-16_08-46-06

Yaqinda Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi majlislar zalida kombinat bo‘linmalari devonxona, kadrlar bo‘limlari xodimlari va mutaxassislar uchun “Davlat tilida ish yuritish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, pedagogika fanlari nomzodi Husniddin Suyunov “Korxona va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritishdagi muammo va yechimlar” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzachi ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari va xususiyati, buyruq va boshqa hujjatlarni davlat tilida yuritish hamda bu borada uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

DSC_0172

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” nomli qo‘llanma kombinatda davlat tilida ish yurituvchilar amaliy faoliyatida juda salmoqli yordam berayotganligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining kombinatda ish yuritish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazish va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.

Kombinat xodimlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslari va malaka oshirish markazining Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi o‘quv kurslarida jarayonlari davom ettirilmoqda. Tadbir so‘ngida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugallagan 30 nafar xodimga sertifikatlar topshirildi.

Xolmamat RAUPOV,

Bosh direktor maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6240

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5782

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3477

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3321

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2666



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish