Kun tartibida – maʼnaviyat mavzusi

Batafsil: Yaratildi: 15.04.2021 19:05 Tahrirlandi: 26.04.2021 08:23 Ko'rishlar soni: 210

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” hayotbaxsh g‘oyasi maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

3 (1)

Maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishga doir yangicha tizim joriy etilgani yurtdoshlarimiz va yoshlarimiz qalbida barcha jabhalarda ro‘y berayotgan amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yana-da kuchaytirilyapti. Bu borada Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1_6

Kuni kecha “NKMK tarixi” muzeyida “Jamiyat hayotining tanasi iqtisod bo‘lsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir” mavzuida seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5039-sonli hamda “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarorlari mazmun-mohiyatini joylarda keng targ‘ib etish hamda ijrosini tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi aʼzolari – tarix fanlari doktori, professor A. Mavrulov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professori, falsafa fanlari doktori Q. Nazarov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir B. Bobomurod kabi ziyolilar hamda kombinat maʼnaviyat targ‘ibotchilari ishtirok etdi.

5 (1)

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad maʼnaviyat targ‘ibotchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida taʼkidlangan qarorlari mazmun-mohiyatini ochib berishdan iboratdir. Respublika ishchi guruhi aʼzolarining mazkur qarorlar mazmun-mohiyatini targ‘ib etish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligi va taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan maʼruzalar bilan chiqishlari zo‘r qiziqish bilan kutib olindi. Notiqlar yurtimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlardagi faolligini, maʼnaviyat targ‘ibotchilarining masʼuliyatini oshirish to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Tadbirda mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga qaratilayotgan eʼtiborning asl mohiyati chuqur yoritildi hamda maʼnaviyat targ‘ibotchilariga joylarda bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da jonlantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

Xolmamat RAUPOV,

bosh direktor maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6241

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5783

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3479

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3322

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2667



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish