Oltin konlar hududida geoturizm va sanoat turizmi rivojlantiriladi

Batafsil: Yaratildi: 02.02.2021 10:30 Tahrirlandi: 02.02.2021 10:30 Ko'rishlar soni: 1167

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida tarkibida oltin bo‘lgan maʼdan qazib olinadigan konlar hududida geoturizm va sanoat turizmni rivojlantirish rejalashtirilganligi haqida xabar qilindi.

020221

Ushbu xabarda keltirilishicha, turizmning yangi turlarini joriy etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi vakillari hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Markaziy kon boshqarmasining “Auminzo-Amantoy” va Shimoliy kon boshqarmasining “Dovg‘iztov” konlari hududida geoturizm va sanoat turizm yo‘nalishlaridagi infratuzilma obyektlari yaqindan o‘rganildi.

Kelgusida mazkur konlarni sayyohlar tashrif buyuradigan turistik maskanga aylantirish rejalashtirilgan. Konlar hududida ishlab chiqarish jarayoniga xalal bermagan holda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun eksklyuziv nou-xau va sanoat turizmining yangicha uslubdagi yo‘nalishini tashkil qilish maqsad qilingan. Sayyohlarning xavfsizligi taʼminlangan holda konlarda tog‘ jinslarini portlatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq masofadan, panarama oynali maydonchalarda turib kuzatish, shuningdek, ular uchun yengil konstruksiyali dam olish maskanlari va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Batafsil: https://uzbektourism.uz/cyrl/newnews/view?id=1580 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6241

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5783

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3479

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3322

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2666



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish