Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Batafsil: Yaratildi: 02.04.2021 14:42 Tahrirlandi: 02.04.2021 14:43 Ko'rishlar soni: 493

Zarafshon shahridagi "Oltin vodiy" madaniyat uyida  Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, senator Quvondiq Sanaqulovning Markaziy kon boshqarmasi bo‘linmalari yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

0104215

Uchrashuvda kombinat bosh direktorining davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosati mazmun-mohiyati, yoshlar va xotin-qizlar masalasi, shuningdek, kombinatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, erishilayotgan yutuq va marralar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan maʼruzasi tinglandi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan ko‘plab takliflar bildirildi. Jumladan, 5-gidrometallurgiya zavodi muhandisi Ulug‘bek Egamberdiyev zavodda kutubxona tashkil etish, Avtomobil transporti boshqarmasi xodimi Abdulazizxon Kamolov IT yo‘nalishida izlanishlar, ishlab chiqarishda yuqori iqtisodiy samara beradigan ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlariga yoshlarni qiziqtirish, Temiryo‘l transporti boshqarmasi ishchisi Elbek Irkinov yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

Yana shuni alohida taʼkidlash joizki, yurtimizda aholi muammolarini tizimli o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash tartibi, temir daftar, ayollar daftari, yoshlar daftari joriy etildi. Unga muvofiq, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Uchrashuvda bu borada kombinat tomonidan Zarafshon shahri va Tomdi tumanidagi 107 nafar fuqarolar, shundan, 63 nafar xotin-qizlar kombinat o‘quv markazida elektrgaz payvandchi, elektrchilangar, tikuvchi, oshpaz, buyoqchi kabi kasblarga o‘qitilayotgani alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda barcha ko‘tarilgan masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish yuzasidan tegishli masʼullar belgilandi.

         NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6137

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5684

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3428

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish