Batafsil: | Yaratildi: 01.04.2021 23:33 | Tahrirlandi: 02.04.2021 08:45 | Ko'rishlar soni: 480 |
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevralda qabul qilingan «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda masʼuliyatini yanada oshirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat sanaladi.
Bugungi kunda kombinat “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yaqinda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni muhokama qilish va bartaraf etish maqsadida NKMK bosh direktorining iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – ijro intizomi bo‘yicha doimiy ishchi guruh rahbari o‘rinbosari Nurmat Jo‘libekov raisligida markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalarning mutasaddi rahbarlari va xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda so‘zga chiqqan NKMK Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sanjar Rajabov qatnashchilarga Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PF-6166-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va joriy etiladigan yangi tizimning alohida jihatlari, hujjatlar bilan ishlash va ularning nazoratini tashkil etish, ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida maʼlumot berdi. Yuridik bo‘limi yuristkonsulti Milana Xaitova yuqorida keltirilgan Farmonda yuridik xizmatlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, Norma ijodkorligi, Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash va ularni kelishish tartibi to‘g‘risida ishtirokchilarga tushuncha berdi.
NKMK Umumiy bo‘lim boshlig‘i Muhabbat Qalandarova kombinat va uning bo‘linmalarida hujjatlarni ro‘yxatga olish, rasmiylashtirish, ijrochilarga yetkazishda elektron hujjat aylanishi samaradorligi to‘g‘risida hamda NKMK jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i - virtual qabulxonasi rahbari Shavqiddin Idiyev fuqarolarning murojaatlari, ularni ko‘rib chiqish tartibi, muddati va hisobotini yuritish, shuningdek, tahlillar, muammolar va ularning yechimlarihaqida maʼruza-taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Maʼruzalarda ayrim bo‘limlar va bo‘linmalarda ijro intizomini taʼminlashda sustkashlikka va masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘yilganligi aniq tahlillarga tayangan holda qattiq tanqid ostiga olindi va kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Navoiy kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining konchilik sohasidagi bilim va malakasi, ulkan salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilib, ularning…
15.09.2017 06:16 | 2848 |
Eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida ikkita…
27.09.2017 08:44 | 2540 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida 19 avgustdan 9 sentyabrgacha ishchi-xodimlarning kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha “Eng yaxshi yosh ishchi”…
02.10.2017 09:37 | 2658 |
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida modernizatsiya tizimi ko‘p yillardan buyon aniq va puxta tashkil qilingan. Mavjud asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish va texnologik jarayonga yangi…
13.11.2017 13:28 | 2003 |
Kombinatning eng yirik, ko‘p tarmoqli bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Markaziy kon boshqarmasida mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tobora…
14.11.2017 09:35 | 2296 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…