Oman Sultonligi milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Osiyo suzish federatsiyasi vakillari Navoiyda bo‘lishdi

Batafsil: Yaratildi: 31.03.2021 14:06 Tahrirlandi: 31.03.2021 14:10 Ko'rishlar soni: 465

Suv sportining suzish, suv polosi, sinxron suzish va suvga sakrash turlari bo‘yicha mamlakatimiz vakillari ko‘plab xalqaro turnirlarda, Osiyo o‘yinlari hamda qit’a chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilibkelishmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston qator nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilib, yangidan-yangi chempionlar kashf etilgan zamin sifatida tarixga kirdi.

300321

Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasida Toshkent shahri 2025 yil o‘tkaziladigan yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilish huquqini qo‘lga kiritdi. "Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun Toshkentda 160 gektar maydonga Olimpiya shaharchasi va zamonaviy suv sporti markazi qurilayapti. Qolaversa, suv sportiga homiy sifatida belgilangan Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan soha rivojiga yetarlicha sarmoya ajratilmoqda.

Joriy yil 30 mart kuni Navoiy shahrida NKMK bosh direktori, O‘zbekiston suzish federatsiyasi raisi Quvondiq Sanaqulov bilan Oman Sultonligi milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Osiyo suzish federatsiyasi Bosh kotibi Taxa Al Kishri rahbarligidagi Osiyo suzish federatsiyasi ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yaqin istiqbolda respublikamizda suv sportini yanada rivojlantirish, keng ommalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar olib borishga kelishib olindi.

Tashrif davomida mehmonlar "NKMK tarixi" muzeyi bilan tanishdilar.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 2847

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 2539

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 2658

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2002

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 2295



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish