Sport - sog‘lik garovi

Batafsil: Yaratildi: 30.03.2021 10:43 Tahrirlandi: 30.03.2021 10:48 Ko'rishlar soni: 319

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablaridan kelib chiqib, Markaziy kon boshqarmasida jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar har jihatdan tahsinga munosibdir. Bunday tadbirlarda yoshlar ham tashabbuskor, ham ishtirokchi sifatida faol qatnashmoqda.

photo_2021-03-29_15-27-00

Yaqinda Temir yo‘l transporti boshqarmasi saʼy-harakati bilan 15 kilometrga o‘ziga xos velosport musobaqasi tashkil etildi. "Avtomobilsiz bir kun" aksiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda 23 nafar yosh temiryo‘lchi faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy salohiyatlarini sinab ko‘rdilar.

Hech shubhasiz, musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasida birinchi bo‘lib marraga Lokomotiv xizmati xodimi Elbek Erkinov yetib keldi va hamkasblari o‘rtasida bu borada tengsizligini namoyon etdi. Shuningdek, keyingi o‘rinlar Elektromexanika xizmati elektrgazpayvandchisi Qobil Qosimov va Vagon xizmati chilangari Sanjar Izatullayevlarga nasib etdi. 30 yoshdan yuqori bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida esa faxrli o‘rinlarni elektrgazpayvandchisi Akmal Hamdamov, Nurlan Egembergenov va Ilyos Atoyevlar qo‘lga kiritishdi.

Anʼanaga ko‘ra, musobaqa so‘ngida g‘oliblar NKMK yoshlari yetakchilari Kengashi hamda 3-Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6137

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5684

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3428

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish