Belgilangan vazifalar o‘z vaqtida bajarilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 27.03.2021 16:02 Tahrirlandi: 27.03.2021 16:02 Ko'rishlar soni: 392

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida uran qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘linma hisoblanadigan 5-kon boshqarmasi joriy yilda tashkil topganligining 50 yilligini nishonlamoqda.

270321

 O‘tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, erishilgan  yutuqlarda, hech shubhasiz, 5-kon boshqarmasi jamoasining matonatli mehnati mujassam. Sharafli kasb egalari o‘z intilishlari bilan cho‘l bag‘rida fidokorona mehnat qilib, ulkan dovonni zabt etishga, o‘zlarining yorqin solnomasini yaratishga erishdi. Pirovardida boshqarma zamonaviy ishlab chiqarish korxonasiga aylandi.

Bugungi kunda kombinatda ishlab chiqarilayotgan uranning 78,5 foizi, ammoniy perrenati ishlab chiqarishning esa 100 foizi 5-kon boshqarmasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda, korxonaning Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida joylashgan 17 ta bo‘linmasi, 4 ta geotexnologik konida fidokorona mehnat qilayotgan 4,8 ming nafarga yaqin ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarning xizmatlari tahsinga munosibdir.

2703212

Shuni alohida taʼkidlash joizki, kombinat ko‘magida konchilar va ular oilasining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning pirovardida bepoyon Qizilqum bag‘rida zamonaviy infratuzilmani o‘zida mujassam etgan zamonaviy konchilar maskani – Zafarobod qo‘rg‘oni qad rostladi. Ishchi-xizmatchilar uchun ko‘plab ko‘p qavatli turar-joylar, yosh mutaxassislar uchun yotoqxonalar, tibbiyot-sanitariya qismi, “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majmuasi, “Yoshlik” madaniyat va sport markazi va boshqa ijtimoiy inshootlar barpo etilishi qo‘rg‘onning yana-da qiyofasini o‘zgartirib yubordi.

2703213

5-kon boshqarmasida kadrlarni tayyorlash, tarbiyalash, malakasini oshirish, ularni ikkinchi kasbga o‘qitish bo‘yicha o‘ziga xos mahorat maktabi yaratilgan. Misol uchun, o‘tgan ikki yilda 356 nafar ishchi-xodim ikkinchi mutaxassislikka o‘qitilgani, 231 nafari qayta tayyorlangani, 1300 nafarga yaqin rahbar va mutaxassislar malakasi oshirilgani ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning amaldagi namunasidir. Ishchi-xodimlarning fidokorona mehnati doimiy ravishda o‘z rag‘batini topib kelmoqda. Jumladan, o‘tgan yillarda 10 nafar ishchi-xodim davlatimizning yuksak mukofotlari, 124 nafari turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari, 179 nafari “NKMK faxriysi” unvoni bilan taqdirlangani fikrimiz tasdig‘idir.

Bir so‘z bilan aytganda, kon boshqarmasi jamoasining azmu shijoati bilan belgilangan rejalar, qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida ortig‘i bilan bajarilmoqda.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6139

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5686

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3429

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish