Batafsil: | Yaratildi: 16.03.2021 16:21 | Tahrirlandi: 16.03.2021 16:39 | Ko'rishlar soni: 263 |
Bugungi axborot asrida, globallashuv jarayonida turli yot oqimlar, xususan diniy aqidaparastlarning zararlaridan saqlanish, uning oldini olish uchun chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktik tadbirlarning o‘rni katta.
Kombinatning Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi ishchi-xodimlari bilan o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi davra suhbatida xalqimizda, ayniqsa yoshlarda turli oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida so‘z yuritildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari G‘.Musurmonov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakili, bosh imom xatib T.Ro‘ziyev, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Y.Ismoilov, Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori X.Qurbonov, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi rahbari A.Muqimovlar ayrim yurtdoshlarimizning bilib-bilmay xatarli yo‘llarga kirib qolayotganlari va buning ayanchli oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda vatanparvarlik, millatparvarlikka qaratilgan ezgu yo‘nalishlar, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini alohida taʼkidlab o‘tdilar.
– Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimiz turli g‘oyaviy xurujlarning nishoniga aylanmoqda. Internet tarmog‘i orqali diniy ekstremistik g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari yoshlarimiz ongiga o‘zlarining g‘oyalarini singdirishga urinmoqdalar. Davra suhbatimizda soha mutaxassislari bu kabi salbiy tahdidlarning oldini olish, ularga qarshi maʼrifat bilan kurashish to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbirda maʼnaviyati yuksak, o‘zining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mahkam tutgan xalqni hech bir kuch yenga olmasligi, yoshlar ko‘p kitob mutolaa qilishi kerakligi taʼkidlandi, – deydi NKMK bosh direktori maslahatchisi Xolmamat Raupov.
Tadbir davomida ishtirokchilardan kelib tushgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.
NKMK Matbuot markazi.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 6137 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 5684 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3428 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3271 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2622 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…