“Sen bahorni sog‘inmadingmi?”

Batafsil: Yaratildi: 15.03.2021 11:13 Tahrirlandi: 15.03.2021 11:13 Ko'rishlar soni: 305

Isteʼdodli shoir, zamonaviy o‘zbek poeziyasining yorqin namoyandasi Abdulla Oripovning go‘zal tabiat va inson tuyg‘ularining hamohangligini betakror satrlarda ifodalagan bahor haqidagi shu sheʼri hoynahoy o‘lkamizda Navro‘zi olam kezib yurgan damlarda bitilgan bo‘lsa neajab?

150321

O‘zbek adabiyoti rivojiga hissa qo‘shgan atoqli shoir, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab Navoiy mashinasozlik zavodida “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” mavzusida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda So‘z sanʼatkorining inson tafakkurini boyitadigan sheʼrlaridan  namunalar o‘qildi.

Shoirning yurtga muhabbat, mehr-oqibat va sadoqatni tarannum etuvchi betakror ijodini chuqurroq o‘rganish va kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda NKMK bosh direktorining maslahatchisi Xolmamat Raupov Yurtboshimizning “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olingani hamda joriy yil mart oyining oxirgi o‘n kunligida ulug‘ mutafakkir, faylasuf shoir tavalludining 80 yilligini davlat miqyosida tantanali nishonlash ko‘zda tutilganligini eʼtirof etdi.

“Konchilar hayoti” gazetasi muharriri Nizomiddin Sadriddinov,  Navoiy davlat pedagogika instituti yosh olimi Farhod Nizomov, tadqiqotchi Azamat Zaripov A.Oripov sheʼrlarini o‘qib berdilar hamda ona tilini ulug‘lash va doimo kitob mutolaa qilish lozimligini taʼkidladilar. Ishtirokchilar esa atoqli shoirning “Muruntov”, “O‘zbekiston”, “Ona”, “Birinchi muhabbatim” kabi sheʼrlarini mahorat bilan o‘qdilar.

A.Oripov tavalludining qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan ana shunday maʼrifiy tadbirlar Markaziy kon boshqarmasi, “Metallurg” profilaktoriyasida ham bo‘lib o‘tdi.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6139

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5686

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3429

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish