Eʼtibor va ehtirom namunasi

Batafsil: Yaratildi: 05.03.2021 18:41 Tahrirlandi: 11.03.2021 08:33 Ko'rishlar soni: 402

Bahor va go‘zallik ayyomi bo‘lgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami Navoiy kon-metallurgiya kombinati va uning bo‘linmalarida keng nishonlanmoqda. Tantanali tadbirlarda kombinat xotin-qizlarining mehnati, korxona rivojiga qo‘shayotgan hissasi eʼtirof etilib, soha ilg‘orlari munosib rag‘batlantirilmoqda.

060321

5 mart kuni “Farhod” madaniyat saroyida kombinatda mehnat qilayotgan xotin-qizlar vakillari uchun qutlug‘ ayyomga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanada Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov kombinat xotin-qizlarini bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.

0603213

Tabrikda kombinatda bugungi kunda 16 ming nafarga yaqin xotin-qizlar, ular orasida 550 nafarga yaqin rahbar ayollar, 33 nafar davlatimizning yuksak mukofotlari sovrindorlari ulkan korxona ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilib kelayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martda qabul qilingan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasining uchastka kran mashinisti Dildor Tilabova “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlanganligi alohida eʼtirof etildi.

0603215

Tadbirda bir guruh soha ilg‘orlari “NKMK faxriysi” unvoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

0603214

“Farhod” madaniyati saroyi badiiy jamoalari va xonandalari tomonidan tuhfa etilgan musiqiy dastur tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6139

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5686

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3429

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish