Kombinat milliy tanlov g‘oliblari safida

Batafsil: Yaratildi: 04.03.2021 09:57 Tahrirlandi: 11.03.2021 08:34 Ko'rishlar soni: 454

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining saralash bosqichlari o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda gender tenglikni taʼminlash sohasida 2020 yil yakunlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji uchun tashabbus ko‘rsatayotgan, o‘z sohasiga tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirlik, idora, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etdi. Yaqinda tanlov ekspertlari kombinatga tashrif buyurib, bu sohada korxonada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan edi.

040321

3 mart kuni Toshkent shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston ijtimoiy va siyosiy hayotining barcha sohalarida ayol rahbarning ijobiy obrazini mustahkamlashga qaratilgan “Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida kelajakda tenglikka erishish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbir doirasida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash joizki, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tanlovning “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol vazirlik/davlat muassasasi, tashkilot va idoralar” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbirda NKMK Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi Sabohat Nazarova ishtirok etdi.   

Tanlov g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6139

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5686

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3429

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish