Transport vositalari haydovchilari uchun yangi imkoniyatlar

Batafsil: Yaratildi: 24.02.2021 08:54 Tahrirlandi: 24.02.2021 08:54 Ko'rishlar soni: 718

Kombinat bo‘linmalarida konlardan qazib olinayotgan, tarkibida oltin bo‘lgan maʼdan va tog‘ jinslarini tashishda og‘ir yuk ko‘taruvchi transport vositalaridan keng foydalaniladi. 

24022021

Bugungi kunda Markaziy kon boshqarmasining Avtomobil transporti boshqarmasida jahonning BelAZ (Belorus), Caterpillar (AQSH), Komatsu (Yaponiya) kabi yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 370 dan ortiq zamonaviy konchilik texnikalari mavjud bo‘lib, ular “Muruntov”, “Auminzo-Amantoy” konlaridan maʼdan va tog‘ jinslarini qazib chiqarish va tashishga jalb qilingan. Korxona avtoparki zamonaviy transport vositalari bilan yildan-yilga kengayib borayapti. 2020 yilda boshqarmaga 25 ta Komatsu konchilik texnikalari, shu jumladan, 55 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 14 ta avtoag‘dargich keltirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida 220 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 4 ta Komatsu avtoag‘dargichi olib kelindi. Yil oxirigacha 20 dan ortiq shunday  konchilik texnikalarini olib kelish rejalashtirilgan. Komatsu texnikalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida xorijiy kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy vakili – “IKO Machinery” MCHJ XK tomonidan yaqinda Avtomobil transporti boshqarmasida o‘quv markazi tashkil etildi. O‘quv xonasi 16 ta kompyuter bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda mutaxassislar nafaqat Komatsu texnikasini boshqarish, balki uning imkoniyatlari bilan ham tanishib borishadi.

Kelajakda Markaziy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasiga Komatsu avtoag‘dargichini haydash simulyatorini olib kelish rejalashtirilgan.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6139

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5686

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3429

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish