Til - millat boyligi

Batafsil: Yaratildi: 19.02.2021 08:34 Tahrirlandi: 19.02.2021 08:35 Ko'rishlar soni: 223

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Til – millat boyligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbatiga  Navoiy davlat pedagogika institutining tilshunos olimlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi o‘qituvchilari, “Konchilar hayoti” gazetasi tahririyati xodimlari, kombinat bo‘linmalari vakilari taklif etilib, kombinatda o‘zbek tilini rivojlantirish va davlat tilida ish yuritish holati va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan  fikr-mulohaza yuritildi.

19022021

Tadbirda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. O‘zbek tilining xalqaro minbarlarda yangrayotganligi faxr bilan taʼkidlandi. Darvoqe, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish ortmoqda. Bunday xayrli ishlarning sharofatidan “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash anʼana tusiga kirib borayotganligi quvonarli holdir. Xalqimizning ko‘p asrlik nodir bebaho boyligi bo‘lgan ona tilimiz  dunyodagi  qadimiy tillardan biri ekani alohida g‘urur va iftixor bilan qayd etildi.

190220212

Bugungi kunda kombinat va uning bo‘linmalarida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” nomli qo‘llanma kombinatda davlat tilida ish yurituvchilarga amaliy faoliyatida juda katta yordam bermoqda. Xodimlarning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malakalarini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslari va malaka oshirish markazi tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan markaz o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda. Joriy yilda kombinat bo‘yicha 350 nafardan ortiq xodimlar malaka oshirish kurslarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilining imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha nazariy, amaliy ko‘nikmalarini oshirishlari rejalashtirilgan. Tadbirda mazkur o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugallagan navbatdagi 20 nafar xodimga sertifikatlar topshirildi va kitoblar sovg‘a qilindi.

Xolmamat RAUPOV,

bosh direktor maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5774

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5313

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3305

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3145

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2515



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish