Batafsil: | Yaratildi: 17.02.2021 09:56 | Tahrirlandi: 17.02.2021 10:31 | Ko'rishlar soni: 472 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.
Mazkur farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 47 ta banddan iborat chora-tadbirlar rejasi va “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Davlat dasturiga muvofiq, kombinatga qator muhim vazifalar yuklatildi. Jumladan, iqtisodiyot tarkibini yana-da diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, birinchi navbatda, mahalliy mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini va energiya sarfini kamaytirish yo‘nalishida joriy yilning mart oyidan boshlab zargarlik sohasida keng imkoniyatlar yaratish uchun NKMK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi. Buning uchun kombinatda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda birjaga qo‘yiladigan kumush hajmlarini shakllantirish, mahsulot boshlang‘ich narxini asosli shakllantirish, zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar kumush mahsulotini sotib olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, Davlat dasturidagi davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, bo‘sh turgan yer maydonlari, bino va inshootlardan samarali foydalanishni jadallashtirish yo‘nalishida joriy yilda kombinat tomonidan xalqaro moliya bozoriga chiqish va davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Buning uchun xalqaro kapital bozorida korporativ obligatsiyalar (“yevrobond”) joylashtiriladi.
Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar rejasiga asosan, 2021 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga ko‘ra kombinatda amaldagi korxonalarni modernizatsiyalash, yangi ishlab chiqarish obyektlarni ishga tushirish hisobiga 3,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Joriy yilda kombinatda Mahalliylashtirish dasturi doirasida importni qisqartirish va mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida 154 loyiha bo‘yicha (71 ta yangi loyiha) 432,9 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Davlat dasturi doirasidagi chora-tadbirlarni to‘la amalga oshirish uchun kombinatda 172,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.
Davlat dasturi doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan tashkiliy, ishlab chiqarish va ijtimoiy tadbirlar haqida axborotlarni doimiy ravishda yoritib boramiz.
NKMK Mabuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5774 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 5313 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3304 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3145 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2515 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…