Batafsil: | Yaratildi: 26.01.2021 15:24 | Tahrirlandi: 26.01.2021 15:47 | Ko'rishlar soni: 780 |
2-GMZ Navoiy kon-metallurgiya kombinatining eng yirik gidrometallurgiya zavodi hisoblanadi. Ushbu korxonada tarkibida oltin bo‘lgan maʼdanni qayta ishlash hajmini oshirishda mahalliylashtirish ishlarini amalga oshirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Zavodning maydalash sexida xorijda tayyorlangan, turli hajmdagi 70 tadan ortiq sharli tegirmondan foydalaniladi. Valyuta mablag‘larini iqtisod qilish, 2-GMZda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2019 yilda kombinat mutaxassislari zimmasiga barabanining hajmi 140 kubmetr bo‘lgan МШЦ 55x65 rusumli sharli tegirmonni o‘zlashtirish vazifasi yuklatildi.
Bunday murakkab vazifani bajarish uchun Navoiy mashinasozlik zavodi bosh muhandisi va bosh muhandisning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi mutaxassislar guruhi tuzilib, uning tarkibiga dastgohsozlik ishlab chiqarishi ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi konstruktorlari, bosh texnolog, bosh metallurg, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va innovatsion texnologiyalar bo‘limlari texnologlari kiritildi.
Navoiy mashinasozlik zavodi va 2-gidrometallurgiya zavodi jamoalari hamkorligida mazkur tegirmonni o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha, texnik hujjat va chizmalar ishlab chiqildi. Mazkur loyiha asosida 2020 yilning boshida Navoiy mashinasozlik zavodida yangi tegirmon va uning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga kirishildi. Bu ishga zavodning metallurg va quyuvchilari o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishdi. Tegirmonning ehtiyot qismlarini quyishda po‘latni doimiy to‘xtovsiz quyish texnologiyasidan foydalanilgan holda suyuq metallning rekord og‘irligi 28 tonnadan oshdi. Sharli tegirmonni tayyorlash uchun kuymaning umumiy og‘irligi 350 tonnadan oshdi. Tegirmonni tayyorlashga mexanik yig‘uv sexi jamoasining ham ulushi bo‘ldi. Sexda noyob metallga ishlov berish uskunalari yordamida tegirmonning barcha yirik o‘lchamdagi agregat va qismlariga mexanik qayta ishlash amalga oshirildi. Tegirmonni o‘z vaqtida ishlab chiqarish maqsadida zavodda mavjud quvvatlardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun sexlararo kooperatsiya o‘rnatilib, unga barcha sex, uchastka va xizmatlar jalb qilindi.
2-GMZda o‘tgan yilda ishga tushirilgan 29, 30-sonli tegirmon bloklarining unumdorligini oshirish uchun qisqa muddatda kombinatning Markaziy loyihalash byurosi mutaxassislari tomonidan ushbu tegirmonni montaj qilish bo‘yicha chizmalar ishlab chiqildi. Markaziy kon boshqarmasi, 2-gidrometallurgiya zavodi, Zarafshon qurilish boshqarmasi ishchi-xodimlari qurilish-montaj ishlarni amalga oshirdilar. O‘tgan yilning 26 dekabr kuni 2-GMZda 73-sonli sharli tegirmon to‘la quvvat bilan ishga tushirildi. Mazkur tegirmon soatiga tarkibida oltin bo‘lgan 160 tonna, yil davomida 1,4 million tonna maʼdanni qayta ishlash imkonini beradi.
Taʼkidlash joizki, kombinat mutaxassislari tomonidan mahalliylashtirilib, Navoiy mashinasozlik zavodida tayyorlangan ushbu tegirmon O‘zbekistonda og‘ir mashinasozlikni o‘zlashtirishdagi ilk qadamdir. Respublikamizda ilk bor og‘irligi 580 tonnadan ortiq bo‘lgan bunday noyob texnologik uskuna ishlab chiqarilishi natijada 2 million AQSh dollaridan ko‘proq valyuta mablag‘ini tejashga erishildi. Bu, O‘zbekistonning og‘ir konchilik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar safidan o‘rin olishiga poydevor bo‘ladi.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5774 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 5313 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3305 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3145 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2515 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…