Batafsil: | Yaratildi: 23.01.2021 14:40 | Tahrirlandi: 25.01.2021 08:24 | Ko'rishlar soni: 374 |
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida kombinat ishchi-xizmatchilari, yoshlar, Navoiy davlat konchilik instituti va akademik litsey o‘qituvchi-talabalari, jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Navoiyxonlik kechasida taniqli olimlar - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olim Davlatov, Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tohir Xo‘jayevlar alloma hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
- Kombinat bo‘linmalarida uch kun davom etgan alloma yubileyi va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar har jihatdan yuqori saviyada, keng jamoatchilikning faol ishtirokida, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Men ham ushbu tadbirlarning tashkiliy jarayonlarida ishtirok etganimdan faxrlanaman. Ayniqsa, yirik korxona Navoiy dahosiga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzi sifatida tadbirlarni birinchilardan bo‘lib boshlab bergani har qanday maqtovga arzigulikdir. “Farhod” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan maʼnaviy tadbir, ilmiy va falsafiy talqindagi ustozlarimiz maʼruzalari shaxsan mening, qadrli hamkasblarim, o‘quvchi-talabalar va barcha ishtirokchilar qalbida buyuk allomamizning ibratli hayot yo‘li, yorqin ijodi haqidagi taassurotlarimizni yana-da boyitdi, - deydi NDKI akademik litseyi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Raʼno Payzullayeva.
“Farhod” madaniyat saroyi badiiy jamoalari, Navoiy davlat konchilik instituti va akademik litsey o‘qituvchi-talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va turli sahna ko‘rinishlari tadbir qatnashchilariga yana-da zavq ulashdi.
NKMK Matbuot markazi.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5774 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 5313 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3304 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3145 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2515 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…