Zarafshonda maʼnaviy tadbir

Batafsil: Yaratildi: 22.01.2021 11:11 Tahrirlandi: 22.01.2021 11:11 Ko'rishlar soni: 305

21 yanvar kuni Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” madaniyat uyida Markaziy kon boshqarmasi ishchi-xizmatchilari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

22 января3

Taniqli navoiyshunos olimlar – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Hojiyeva, Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tohir Xo‘jayevlarning navoiyxonlik kechasida maʼruzalar bilan chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

- So‘z mulkining sultoni ijodini qancha ulug‘lasak, targ‘ib qilsak arziydi. Chunki Navoiy qalamiga mansub asarlar, g‘azallar, ruboiylarning xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Buyuk shoir ijodidan namunalarni tinglaganingda huzur qilasan, har bir satrining ohanrabosi insonni o‘ziga tortadi. Tan olib aytish kerakki, Navoiyni anglash ancha murakkab. Shoir ijodi namunalarini qayta-qayta o‘qib, mohiyatini uqib, uning ahamiyatini bilish mumkin. Shundagina, o‘quvchi va kitobxon allomaning so‘z sehri va mahorati naqadar buyukligiga amin bo‘ladi. Bu hol bugungi tadbirdagi maʼruzalarda, g‘azalxonliklarda, sahna ko‘rinishlarida, mumtoz qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topdi va tinglovchilar bundan o‘zgacha maʼnaviy hordiq olishdi, - deydi tadbir ishtirokchisi O‘g‘iloy Salimova.

22 января4

“Nulufar” ashula va cholg‘u ansambli xonandasi Bashorat Rajabova tomonidan ijro etilgan “Qaro ko‘zim”, Javohir Abdullayev ijro etgan “Qoshu yosinmi deyin”, Otamurod Orzuqulov ijrosidagi “Fido” qo‘shiqlari, shuningdek, “Afsona” ansambli raqqosasi Gulzat Alishbekovaning “Munojot” kuyiga ijro etgan raqsi, madaniyat uyi ishtirokchilari namoyish etgan sahna ko‘rinishlari davraga zavq bag‘ishladi.

Tadbir oldidan poytaxtlik mehmonlar uchun dunyoga mashhur “Muruntov” oltin koniga mediatur tashkil etilib, navoiyshunos olimlar bu manzilda olib borilayotgan ulkan loyihalar, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Markaziy kon boshqarmasi axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5774

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5313

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3305

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3145

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2515



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish