Navoiyshunos olimlar Uchquduqda

Batafsil: Yaratildi: 22.01.2021 10:09 Tahrirlandi: 22.01.2021 10:09 Ko'rishlar soni: 308

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud kunini har yili ko‘tarinki kayfiyatda nishonlaymiz. Biroq, buyuk mutafakkirning bu yilgi tavallud kuniga Uchquduqda har yilgidan boshqacharoq, shukuhliroq bayram tashkil etildi.

Shimoliy kon boshqarmasining “Uchquduq” madaniyat saroyida ham bo‘lib o‘tgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda kon boshqarmasi ishchi-xizmatchilari, chekka va olis hudud aholisi va yoshlari vakillari ishtirok etishdi.

22 января_1

Navoiyning har bir asari, betakror satrlari insoniyatni ezgulikka chorlaydi. Shuning uchun ham bobomiz maʼnaviy merosini xalqimiz yuksak qadrlaydi va sevib o‘qiydi. Navoiy asarlari shunday bir tuganmas xazinaki, uni qancha o‘qigan sayin inson o‘zini qiziqtirgan, o‘ylantirgan savollariga javob topib boraveradi. Chunki Navoiyning har bir asari xalqqa qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Buyuk shoirning qarashlari sharqona majoz bilan o‘ralgan va tafakkur sandig‘iga joylangan. Ular to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, bizni chin insoniy ruhda tarbiyalaydi.

Tadbir avvalida 10-musiqa va sanʼat maktabining teatr jamoasi tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi, madaniyat saroyi xonandalarining adabiy-musiqiy chiqishlari ishtirokchilarga Navoiy ijodidan bahramand bo‘lishdek imkoniyatni berib, barchani to‘lqinlantirdi. Maʼnaviy kechada taniqli navoiyshunos olimlar - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Hojiyeva, Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tohir Xo‘jayevlar tomonidan uchquduqliklarga tuhfa etilgan maʼruzalar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

22 января2

Ulug‘ alloma hayoti va ijodi, eng muhimi, hazrat Mir Alisher Navoiy qalbini anglash har birimiz uchun ham farz, ham qarz. Bu orqali har bir yurtdoshimiz, kitobxon tasavvufiy-falsafiy sirlardan voqif bo‘lishi, odamiylik saboqlarini olishi shubhasiz. Shu bois, Navoiy asarlarini hali ko‘p o‘qishimiz, anglashimiz kerak bo‘ladi.

Shimoliy kon boshqarmasi axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5774

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5313

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3304

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3145

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2515



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish