Batafsil: | Yaratildi: 21.01.2021 15:46 | Tahrirlandi: 22.01.2021 10:10 | Ko'rishlar soni: 275 |
20 yanvar kuni Zafarobod qo‘rg‘onidagi 5-kon boshqarmasining “Yoshlik” madaniyat va sport markazida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mamlakatimizning yetuk va taniqli navoiyshunos olimlari – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olim Davlatov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Hojiyeva, Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tohir Xo‘jayevlar buyuk mutafakkir hayoti va ijodi to‘g‘risida maʼruza qilishdi.
Poytaxtimizdan tashrif buyurgan mehmonlar Qizilqum cho‘li bag‘rida shaharcha barpo etilganligi, korxona ishchi-xodimlari va ularning oila aʼzolari madaniyat va sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ularda yaxshi taassurot qoldirganligini mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi.
Tadbir davomida “Yoshlik” madaniyat va sport markazi ijodiy jamoalari va Zafarobod qo‘rg‘onidagi 16-o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, Alisher Navoiy hayoti va ijodini aks etgan videolavha namoyish etildi.
5-kon boshqarmasi axborot xizmati.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5774 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 5313 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3305 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3145 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2515 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…