Navoiyda navoiyxonlik tadbirlari

Batafsil: Yaratildi: 20.01.2021 16:29 Tahrirlandi: 21.01.2021 08:32 Ko'rishlar soni: 467

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashabbusi bilan 20 yanvar kuni buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boshlab yuborildi.

2001

Ushbu navoiyxonlik kechalarida mamlakatimizning yetuk va taniqli navoiyshunos olimlari – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olim Davlatov, O‘zbekiston Milliy universiteti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Hojiyeva, Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tohir Xo‘jayev, shuningdek, NKMK bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari nomzodi X.Raupovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ushbu maʼnaviy tadbir Navoiy shahridagi buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar qo‘yish bilan boshlanib, unda NKMK rahbariyati, kombinat yoshlari, poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli navoiyshunos olimlar, o‘qituvchi va talabalar, yozuvchi-shoirlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

20011

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari uchun “NKMK tarixi” muzeyiga mediatur, maʼnaviy-maʼrifiy seminar va matbuot anjumani tashkil etildi va so‘z mulkining sultoni hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mazkur tadbirlar har jihatdan savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar kombinatning yirik bo‘linmalarida ham davom etmoqda...

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5774

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5313

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3304

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3145

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2515



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish