Batafsil: | Yaratildi: 14.01.2021 16:46 | Tahrirlandi: 14.01.2021 16:46 | Ko'rishlar soni: 129 |
Xalqimizning bugungidek tinch va osuda hayoti Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday masʼuliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan harbiylarimizni, mard va jasur o‘g‘lonlarimizni har qancha eʼzozlasak arziydi.
Vatan himoyachilari kunini mamlakatimizda har yili bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos anʼanaga aylangan. Bu yilgi bayram tadbirlari ham NKMK bo‘linmalarida keng nishonlanmoqda.
Mazkur sana munosabati bilan Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasida “Milliy armiyamiz-tinchlik va farovonligimiz garovi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda NKMK Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari, GQE ishchi-xodimlari, afg‘on urushi ishtirokchilari, Navoiy shahridagi 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining “Alpomish” badiiy jamoasi ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi boshlig‘i R.Xo‘janazarov so‘zga chiqib, vatanparvarlik oyligi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tayotganligi, bu kabi targ‘ibotlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘z yurtini himoya qilish kabi masʼuliyatli burchni his etishiga zamin yaratayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
- “Har qanday davlatning mudofaasi Qurolli Kuchlari bilan qudratlidir. Yaqinda Prezidentimizning Jizzax viloyatidagi harbiy qism xizmatchilari bilan uchrashganligi, ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishganligi ham bejiz emas. Shaxsan men yurtimizing mudofaa salohiyatini yana-da oshirish, chegaralarimiz tinchligi va yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlayman. Yosh oila bekasi sifatida mana shunday tinch yurtda farzand o‘stirayotganimdan baxtliman”, - deydi boshqarmaning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul xodimi M.Hayitova.
Tadbir yakunida “Alpomish” badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” nomli sahna ko‘rinishi, “Farhod” madaniyat saroyi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Ayniqsa, bolajonlar tilidan aytilgan vatanni ardoqlashga chorlaydigan sheʼrlar barchada katta taʼassurot qoldirdi.
Badiiy jamoa aʼzolari GRE rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari kombinatning barcha bo‘linmalarida davom etmoqda.
Maʼnaviyat markazi.
.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5390 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 4977 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3202 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3005 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2410 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…