Sport bellashuvlari o‘tkazildi  

Batafsil: Yaratildi: 11.01.2021 11:21 Tahrirlandi: 11.01.2021 11:22 Ko'rishlar soni: 188

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablaridan kelib chiqib, NKMK bo‘linmalari ishchi-xizmatchilari Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida bo‘lib o‘tgan navbatdagi badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarish, besh ming qadam yurish, shuningdek, alohida tashkil etilgan sport turlari bo‘yicha turli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi.

0901

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni oldidan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!”  shiori ostida Navoiy shahridagi sport saroyida beshta sport turi bo‘yicha korxona ishchi-xizmatchilari o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etgan g‘oliblar, shuningdek, alohida joriy etilgan “Yoshi eng ulug‘ ishtirokchi” va “G‘alaba sari intilganligi uchun” nominatsiyalar sovrindorlari NKMK maʼmuriyati va Kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

09011

Bu kabi jismoniy tarbiya va sport tadbirlari Zarafshon shahridagi “Qizilqum” o‘yingohida, Uchquduq shahridagi “Lochin” o‘yingohida, Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish markazida ham kombinat ishchi-xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish