Bayramga munosib sovg‘a

Batafsil: Yaratildi: 11.01.2021 09:41 Tahrirlandi: 11.01.2021 09:43 Ko'rishlar soni: 260

So‘nggi yillarda mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, harbiy kadrlarni tayyorlash, mustahkam ijtimoiy himoya, harbiy xizmatchilarni jismonan va maʼnan barkamol etib tarbiyalash, harbiy qismlarning infratuzilmasini yanada yaxshilash, shaxsiy tarkibni har tomonlama qulay, barcha zarur shart-sharoitlarga ega shinam xizmat xonalari bilan taʼminlash borasida keng qamrovli qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotir. 

1101

Ana shunday ezgu ishlar ro‘yobini Zarafshon shahar Bessopan maydonida joylashgan Toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida mazkur harbiy qismning kapital taʼmirdan chiqarilgan yangi shtab binosi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona hamda o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi harbiylar uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda harbiy qism vakillari, NKMK Markaziy kon boshqarmasi mutasaddi rahbarlari, yoshlar, “Shodlik” bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

11011

Tantanali tadbirda harbiy qism jamoasiga ikkita avtobus va yengil avtomobil kalitlari topshirildi. Harbiy qismning infratuzilmasini yaxshilashga qo‘shgan ulkan hissasi va vatanparvarligi uchun Markaziy kon boshqarmasi mutasaddi rahbarlari hamda bir guruh harbiy xizmatchilar tashakkurnoma  va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Shinam, yorug‘ xizmat xonalari, qo‘shinlarni tezkor boshqarish uchun mo‘ljallangan qo‘mondonlik shtab punkti, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, tarixiy asarlar bilan boyitilgan kutubxona, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik xonasi, shuningdek, ko‘rgazmali targ‘ibot-tashviqot materiallari hamda buyuk siymolarimizning suratlari bilan go‘zal qiyofaga kirgan harbiy qism hududi barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

110111

Katta tayyorgarlik va ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurganlar  harbiy qismdagi zamonaviy maxsus vosita va texnikalar, jangovar qurol-aslahalar hamda  harbiy xizmatchilar tomonidan yaratilgan, ularning hayoti va faoliyati aks ettirilgan ko‘rgazmali burchaklar bilan tanishishdi.

Eng muhimi,  “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga yoshlarning taklif etilgani ularda Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish Vatan himoyachisi degan sharafli kasbga qiziqishlarini orttirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Markaziy kon boshqarmasi axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish