Kooperatsiya aloqalari kengaytirilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 08.01.2021 09:15 Tahrirlandi: 08.01.2021 09:16 Ko'rishlar soni: 489

Yaqinda Zarafshon shahridagi Markaziy kon boshqarmasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mutaxassislari va respublikamizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kon boshqarmasi yetakchi mutaxassislari, xizmat va bo‘limlarning boshliqlari, muhandislar hamda “Polipropilen Quvurlar”, “Birinchi rezinotexika zavodi”, “Hydrocomponent” MCHJ, “Stalmet group servise” XK kabi 14 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilarning vakillari ishtirok etishdi.  

2 декабря2

Tadbirda taʼkidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 dekabrdagi “Navoiy KMK” davlat korxonasining 2020-2021 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori kon-metallurgiya sohasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayapti. Ushbu qarorlarning ijrosini taʼminlash maqsadida kombinatda importni qisqartirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish bo‘yicha qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Muhim tadbir amaliy ishchanlik tarzida davom etdi. Unda 14 ta mahalliy korxonalar vakillari 300 turdan ortiq mahsulotlarini taqdim etishdi. Shuningdek, ular kombinat va Markaziy kon boshqarmasi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qaratilayotgan eʼtibor uchun minnatdorchiliklarini bildirishdi. Anʼanaviy tusda o‘tkaziladigan bunday uchrashuvlar tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida potensial hamkorlarni keng xabardor qilish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, yangi hamkorlar bilan shartnomalar tuzishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar Markaziy kon boshqarmasining Temir yo‘l transporti boshqarmasi, Avtomobil transporti boshqarmasida bo‘lishdi. “Muruntov” konining konchilik uskunalarini taʼmirlash sexida tashkil etilgan konchilik va transport uskunalarining import qilinadigan ehtiyot qismlari ko‘rgazmasi bilan tanishishdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar vakillari ko‘rgazmada namoyish etilgan ehtiyot qismlarni tayyorlash yuzasidan o‘z takliflarini bildirishdi. Import qilinadigan ehtiyot qismlarni mahalliy korxonalarda tayyorlashga qaratilgan “Yo‘l xaritalari” tuzildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish