Batafsil: | Yaratildi: 30.12.2020 17:03 | Tahrirlandi: 04.01.2021 10:31 | Ko'rishlar soni: 190 |
Munosabat
Murojaatnoma xalqimizni ruhlantirdi
Kuni kecha barchamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini katta hayajon bilan tingladik.
Murojaatnoma avvalida davlatimiz rahbari o‘tgan yilda qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tdi va uning mantiqiy davomi sifatida 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab –quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlashni taklif etdi.
Milliy taraqqiyot sari intilayotgan Yangi O‘zbekiston kelajagini faqat intellektual darajasi yuqori, maʼnan yetuk, zamon talablariga mos keladigan kadrlar belgilaydi. Buning uchun taʼlim-tarbiya sifatini oshirish masalasi eng birinchi galdagi vazifadir. Murojaatnomada belgilanganidek, mamlakatimiz kelajagini taʼminlaydigan kadrlarni tarbiyalash maktabgacha taʼlim tizimidan boshlanadi. Jumladan, joriy yilda “Yangi O‘zbekiston –maktab ostonasidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, yurtimizda taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy taʼlim tizimlarini amaliyotga joriy etish, eng yaxshi va qobiliyatli mutaxassislarni taʼlimga jalb qilish borasida muhim omillar belgilanib, ularni mamlakat miqyosida bajarish bo‘yicha qator manzilli ishlar amalga oshiriladi.
Mamlakatimizning yirik sanoat korxonasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘limlarida eng zamonaviy ilg‘or texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv mashinalari, zamonaviy texnologik uskunalar bosqichma-bosqich joriy etilmokda. Bularning barchasini boshqarish albatta, yuqori professional bilimga ega, shijoatkor yosh kadrlarga bog‘liq. Kelgusi yilda kombinatda ikkita yangi yirik metallurgiya zavodlari ishga tushiriladi. Bu esa yangi ish o‘rinlar yaratish, ishlab chiqarish surʼatlarini oshirish va kirib kelayotgan yilda jamoa oldiga qo‘yilgan ulkan vazifalarni muvafaqqiyatli bajarishga imkoniyat yaratadi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugun rejalarimiz ulkan. Yangi O‘zbekiston kelajagi, taraqqiyoti yo‘lida 5-kon boshqarmasi ko‘p millatli mehnat jamoasining maqsadi – jonajon Vatanimizga sidqidildan xizmat qilish, belgilab berilgan rejalarni ortig‘i bilan o‘z vaqtida bajaramiz. Ushbu sharafli yo‘lda bor kuch-g‘ayratimizni, bilim va tajribamizni to‘la safarbar etamiz.
Valijon NAZAROV,
5-kon boshqarmasi direktori,
viloyat Kengashi deputati.
*****
Dildagi istaklar tilga olindi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasini diqqat-eʼtibor va katta hayajon bilan tinglar ekanman, ko‘nglimdan inson haqiqatga tik boqib yashashni, adolatparvarlikni, mehr-oqibatni, o‘zaro do‘stlik, birodarlik, bag‘rikenglikni, iroda va shijoatni Prezidentimizdan o‘rganishi kerak, degan fikrlar o‘tdi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida qaysi soha tilga olinmasin, albatta, keng tahlil, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari va aniq vazifalar belgilab berilishi bilan diqqat-eʼtiborimni tortdi.
Murojaatnomada sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirishda hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tub burilishlar yaratadigan muhim vazifalar belgilab berilgani, ayniqsa, eʼtiborlidir. Tibbiyot xodimlarining xalqimiz, har birimizning hayotimizdagi muhim o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tilgani meni behad quvontirdi.
Har bir inson bolalik chog‘laridan qaysidir bir kasbga mehr qo‘yadi va intiladi. Men ham yoshligimdan shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishim balandligi sababli, mana 23 yildirki, Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3-Tibbiy sanitariya qismida faoliyat olib bormoqdaman. Ana shu yillar davomida shifoxonamizning turli bo‘limlarida mehnat qilib kelayotgan ko‘plab shogirdlarimning erishgan yutuqlarini ko‘rib, shifokorlik kasbini tanlaganimdan g‘ururlanib ketaman. “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni” kasb bayrami munosabati bilan, qolaversa, sinovli pandemiya davrida xalq xizmatiga kamarbasta bo‘lgan bir guruh hamkasblar qatorida men ham NKMK maʼmuriyati tomonidan “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Bu mukofot menga yana-da kuch-g‘ayrat, shijoat bag‘ishlash bilan birga doimo el xizmatida kamarbasta bo‘lishga undaydi. Oilamiz bilan birgalikda yurtimizda yetakchi korxonalardan biri bo‘lgan NKMKda ishlayotganimizdan faxrlanamiz. Oilamiz bilan Prezident Murojaatnomasini hayajon bilan tinglab, bu shunchaki, chaqiriq emas, balki, hayot uchun yo‘llanma, taraqqiyot uchun qo‘llanma ekanligini chuqur dildan his etdik. Davlatimiz rahbarining har bir yo‘nalish bo‘yicha aytayotgan fikrlari oldimizga qo‘yayotgan vazifa va maqsadlarni belgilab berdi.
Dilorom ERNAZAROVA,
3-TSQ shifokori.
*****
Tarixiy murojaatnoma bo‘ldi
Prezidentimizning Parlament va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini biz yoshlar katta qiziqish bilan tingladik. Murojaatnoma davlat va jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarini atroflicha qamrab olganligi bilan juda ahamiyatlidir. Kirib kelayotgan Yangi 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berilishi biz yoshlarni to‘lqinlantirib yubordi.
Murojaatnomada yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochish, ular duch kelishi mumkin bo‘lgan turli xil byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar berilgani bizni Vatanimizning kelajagi yo‘lida to‘lib-toshib mehnat qilishga ruhlantirdi.
Ushbu Murojaatnomada yoshlarga qarata aytilgan fikrlar yurt rahbarining O‘zbekiston yoshlar forumida so‘zlagan nutqining mantiqiy davomi bo‘ldi, deyish mumkin. Davlat rahbari taʼkidlab o‘tganlaridek, kirib kelayotgan yilda maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim va oliy taʼlimga ajratilgan mablag‘lar hali O‘zbekiston tarixida bo‘lmagan. Kam taʼminlangan oilalar farzandlariga taʼlim muassasalariga kvotalarni ikki mingtagacha yetkazish va bu ko‘rsatgich yildan yilga o‘sib borishi juda quvonarli holdir.
Prezidentimiz kelgusi yilda 900 ta chin yetim yoshlar uy-joy bilan taʼminlanishi, kam taʼminlangan oila vakillariga ilm-hunar o‘rgatish orqali ularning turmush tarzini yaxshilash, taraqqiyot ilm-fan, xususan fizika fanini yoshlarga mukammal o‘rgatish zamonaviy innovatsion g‘oyalarning va tejamkor texnologiyalarning yaratilishiga zamin bo‘lishini taʼkidlab o‘tdilar. Shaxsan meni quvontirgan taklif, ushbu sohaning rivojlanishi uchun olimpiada joriy etilishidir. Zero, mazkur soha hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talabi ekanligini butun dunyo hamjamiyati tan olmoqda.
Jamiyatimizda o‘qituvchilarning mavqeini oshirish xususida Prezidentimiz birinchi marta so‘z yuritayotganlari yo‘q. O‘qituvchi qachonki o‘ziga to‘q bo‘lsa, u o‘zini ilm-fanga bag‘ishlashini qayta-qayta taʼkidladilar. Prezidentimizning Parlamentga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi xalqimizni rozi qilishdek buyuk ishlarga yo‘naltirilayotganligini barchamiz ko‘rib, yurak-yuragimizdan his qilib turibmiz. Biz O‘zbekiston yoshlari Prezidentimizning ezgu ishlarida u kishiga qanot bo‘lib, yurtimizning taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Sarvar XOJAMURATOV.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5390 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 4977 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3202 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3005 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2410 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…