Batafsil: | Yaratildi: 30.12.2020 16:28 | Tahrirlandi: 30.12.2020 16:29 | Ko'rishlar soni: 280 |
Poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining “Shon-sharaf” muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi hamda hamkorligida “1939-1945 yillarda Polsha va O‘zbekistonni bog‘lab turgan tarix” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Mudofaa vazirligi xodimlari, Polshaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlari vakili Tomash Kollat hamda Polsha elchixonasining harbiy attashesi Machey Zayons boshchiligidagi delegatsiya, Navoiy viloyati hokimligi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakillari, majmuaning ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Mazkur tadbirda NKMK tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Ausshvis-Birkenau: o‘tmish va bugun” nomli kitob-jurnalining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur kitobda konslagerning mudhish manzaralari haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan.
– Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik askarlarni qidirib topish, shu bilan birga, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ajdodlarga munosib voris bo‘lish hamda bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish kabi tushunchalarni yetkazishdir, – deydi mudofaa vazirining madaniy ishlar bo‘yicha maslahatchisi – “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Yusupov.
Shuningdek, tadbirda NKMK bosh direktorining maslahatchisi, tarix fanlari nomzodi Xolmamat Raupov kombinat rahbariyati tashabbusi bilan tarjima qilinib, nashrga tayyorlangan “Ausshvis-Birkenau: o‘tmish va bugun” nomli kitob tarixning achchiq haqiqati haqida qimmatli maʼlumotlar berishi bilan birga bu borada yana izlanishlar olib borishga sabab bo‘lganligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, kombinat tomonidan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan nashr etilgan “Uyg‘oq xotiralar” kitobi to‘g‘risida aytib o‘tildi. Shu kuni mazkur kitobdan 100 dona Mudofaa vazirligiga taqdim etildi.
Tadbirda Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar tomonidan Polsha hududidagi konslagerlarda tutqunlikda bo‘lgan o‘zbekistonlik askarlarning taqdirini o‘rganish, shuningdek, bugungi kunga qadar o‘zbekistonlik askarlar to‘g‘risida Polsha Respublikasi arxivlarida saqlanayotgan maʼlumotlarni topish va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan izlanishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5390 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 4977 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3202 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3005 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2410 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…