2020 yilda nashr etilgan kitoblar

Batafsil: Yaratildi: 29.12.2020 13:13 Tahrirlandi: 29.12.2020 13:14 Ko'rishlar soni: 260

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashabbusi bilan har yili ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar chop etib kelinmoqda.

29 декабря3

Joriy yilda NKMK bosh direktori Q.Sanaqulov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislarning “Reniy”, Q.Sanaqulov va I.Hamroyevning “Kosmoplanetar olam va yer jarayonlari haqida” ilmiy va ilmiy-ommabop asarlari, I.Rahmatovning “Hayot chorrahalarida” avtobiografik essesi, N.Jo‘libekovning “Финансово-экономические аспекты функционирования Навоийского ГМК на разных этапах развития” nomli monografiyasining nashr etilgani buning isbotidir.

Shuningdek, joriy yilda kombinat mutaxassislari va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida akademik U.Karimovning “Ar-Roziyning nomaʼlum “Sirlar siri kitobi” o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida kombinatda keng ko‘lamdagi tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu sanaga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Jasorat va matonat madhi” tanlovi qatnashchilaridan 42 nafar ijodkorning sheʼr va publitsistik maqolalari jamlanib, ota-bobolarimiz jasoratini keng tarannum etuvchi “Uyg‘oq xotiralar” kitobi chop etildi.

Kombinatda mehnat qilayotgan konchilar, metallurglar, geologlar, qo‘yingki, turli kasb egalari o‘zlarining ko‘ngil izhorlarini satrlarga ko‘chirib, saqlab yurishardi. Kombinat rahbariyatining tashabbusi bilan ularning sheʼrlari va publitsistik maqolalaridan jamlangan “Kengliklar sururi” to‘plami chop etildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish