Yangi kitoblar taqdimoti

Batafsil: Yaratildi: 21.12.2020 08:08 Tahrirlandi: 29.12.2020 08:00 Ko'rishlar soni: 456

Navoiy davlat konchilik institutida kombinat tashabbusi bilan nashr etilgan Ikkinchi jahon urushi xotiralari haqidagi “Uyg‘oq xotiralar” kitobi hamda ijodkor ziyolilarning “Kengliklar sururi” to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

001


Tadbirda viloyat yozuvchi-shoirlari, yosh ijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jurnalistlar, adabiyot ixlosmandlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va yoshlar vakillari bilan birga, Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi.


Taqdimot oldidan urush xotiralariga doir eksponatlar, kitoblar, mo‘yqalam sohiblari ko‘rgazmasi, shuningdek, tadbir mavzusiga oid videorolik namoyish etildi va bu barchada qiziqish o‘yg‘otdi.


- Kombinat ota-bobolarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘lni keng targ‘ib etish, yosh avlodlarga qalbiga singdirish, shuningdek, ijodkorlarni ruhlantirishdek xayrli ishlarga qo‘l uribdi. Yangi kitoblar, ko‘rgazmalar bilan tanishar ekanman, bu tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish o‘yg‘otgani, o‘zgacha taassurot qoldirgani, bir so‘z bilan aytganda, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilganiga guvoh bo‘ldim. Ayniqsa, kitoblardan o‘rin olgan she’r, maqola va hikoyalar qalam ahli tomonidan betakror so‘z, ohang va ranglarda keng tarannum etilgani har bir inson qalbiga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi, - deydi viloyat Kengashi deputati Jamoliddin Hamroyev.

0011


Darhaqiqat, tarix saboqlari, ota-bobolarimiz jasorati, inson qalbi, dardu tashvishlari, xalqimizning orzu-intilishlari, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini mujassam etgan kitob yozish, chop etish, ijodkorlar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish, kitoblar nashr etish ulug‘ savobdir. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bu masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Har yili bevosita korxona tashabbusi bilan ko‘plab ilmiy, badiiy, ma’naviy-ma’rifiy kitoblar chop etilmoqda.


Jumladan, joriy yilda Q.S.Sanaqulov, O.F.Petuxov, M.A.Qurbonov va U.Z.Sharafutdinov muallifligida “Reniy” kitobi, Q.S.Sanaqulov va I.Hamroyev muallifligida “Kosmoplanetar olam va er jarayonlari haqida”gi kitobi, kombinat mutaxassislari va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda Ar-Roziyning “Sirlar siri kitobi” o‘zbek tiliga birinchi marta tarjima qilinib, nashr etilgani fikrimiz tasdig‘idir.
Joriy yilda kombinatda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab “Jasorat va matonat madhi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga 42 nafar ijodkordan kelib tushgan she’r va publitsistik maqolalar jamlanib, ota-bobolarimiz jasoratini keng tarannum etuvchi “Uyg‘oq xotiralar” kitobi nashr etildi.


Kombinat tashabbusi bilan chop etilgan “Kengliklar sururi” to‘plami ham yuqoridagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir. Jumladan, ushbu to‘plamidan Hamid Olimjon, Oybek, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Sa’dulla Hakim, G‘ayrat Majid, Sharifa Salimova, Ashurali Jo‘rayev, shuningdek, viloyatimizning 10 nafar etuk yozuvchi-shoirlari va 91 nafar kombinatimiz ijodkorlarining she’r va maqolalari keng o‘rin olgan. Kitoblar o‘quvchiga o‘zgacha zavq berishi bilan birga, ijodkorlarning aksariyati oddiy ishchilar - chilangar, oshpaz, muhandis, hamshiralar ekanligi bilan ahamiyatlidir. Demak, korxonada ishlab chiqarish bilan birga ijodkorlik ham uzviy davom etmoqda.

Kitoblar taqdimoti marosimida tarix fanlari nomzodi X.Raupov, “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbы” gazetalari bosh muharriri B.Pirnafasov, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, yuz yoshli otaxon P.Turdiyev, Navoiy davlat konchilik instituti talabasi D.Muhammadyiev, NKMK Temir yo‘llar transporti bo‘limi boshlig‘i E.Arapbayev, Janubiy kon boshqarmasi yoshlari etakchisi Sh.Abbosov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi M.Irisova, 5-kon boshqarmasi xodimi G.Valiyeva, 5-kon boshqarmasi 3-geotexnologik kon ishchisi A.Ungayevalar mazkur kitoblar ahamiyati to‘g‘risidagi mulohazalarini, she’rlarini tadbir ishtirokchilariga havola etishdi.

00111


Tadbirga “Uyg‘oq xotiralar” kitobiga maqolalar qahramoni sifatida kiritilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Pirnazar bobo Turdiyev va Bafo bobo Bahronovlar taklif etilib, ularga estalik sovg‘alari topshirildi.


Shuningdek, G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Jasorat va matonat madhi” tanlovining nasr yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan D.Karimova, Sh.Sa’dinov, H.Beknazarov, N.Ahmedova, D.Bobomurodov, N.Beknazarov, nazm yo‘nalishida g‘oliblikka loyiq topilgan G.Jabborova, A.Goryacheva, E.Arapbayev, B.G‘aniyev, Sh.Sulaymonova, M.Irisovalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.


“Nihol” mukofoti sovrindori Sh.Davronov va xonanda B.Hasanovlarning ona-Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlari davraga yanada fayz bag‘ishladi.


Ushbu marosimda Navoiy viloyati hokimi Q.B.Tursunov va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.S.Sanaqulovlar ishtirok etishdi.


NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish