Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Batafsil: Yaratildi: 16.12.2020 14:13 Tahrirlandi: 16.12.2020 14:13 Ko'rishlar soni: 339

Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini oshirish va ona tilimizga hurmat, mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, korxona, tashkilot, muassasalarda davlat tilida ish yuritish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu jihatdan Prezidentimizning 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda joriy yilning 20 oktyabridagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ayni muddao bo‘ldi.

15 декабря_1

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Farhod” madaniyat saroyida “Kombinatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda kombinatning Navoiy shahrida joylashgan bo‘linmalari devonxona, kadrlar bo‘limi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul xodimlari va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, markaz professor-o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda kombinat va uning bo‘linmalarida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kombinat portalida davlat tilini o‘rganuvchilar va davlat tilida ish yurituvchilarga amaliy yordam sifatida o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha onlayn tarjimon dasturlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi hamda “Davlat tilida ish yuritish” nomli amaliy qo‘llanmaning elektron nusxasi joylashtirildi. Xodimlarning davlat tilini o‘rganishlari uchun korxona portalining elektron kutubxonasida (www.kitob.ngmk.uz) o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zarur adabiyotlar joylashtirilganligi taʼkidlab o‘tildi.

15 декабря2_1

Seminarda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan yangi tahrirda chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda kombinat bo‘linmalariga 5 jildli yangi tahrirdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi tarqatildi.

Kombinat xodimlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malakalarini oshirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘quv kurslarida joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida kombinatning kadrlar bo‘limi, devonxona, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limlarining 40 nafar ishchi-xodimlari lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilining imloviy qoidalari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha nazariy, amaliy ko‘nikmalarini oshirdilar. Tadbirda o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugallagan navbatdagi 10 nafar xodimga sertifikatlar topshirildi va kitoblar sovg‘a qilindi.

15 декабря3

Seminarda markaz rahbari va o‘qituvchilari tadbir ishtirokchilarining davlat tilida ish yuritish, lotin alifbosini joriy etish va imlo qoidalariga oid ko‘plab savollariga javoblar berdilar.

Xolmamat RAUPOV,

bosh direktor maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish