Zamonaviy texnologiyalar asosida

Batafsil: Yaratildi: 15.12.2020 10:31 Tahrirlandi: 15.12.2020 11:08 Ko'rishlar soni: 593

15 декабря

Konchilik ishlarida uyum-uyum tuproq va tog‘-kon chiqindilari hosil bo‘lishi tabiiy hol. Uchquduq tomonlarga borgan kishi shahar ostonasidayoq bunga amin bo‘ladi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislarining Shimoliy kon boshqarmasida sanoat chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida olib borgan izlanishlari o‘z samarasini bera boshladi.

2016 yilda NKMK bosh direktori Q.Sanaqulov boshchiligidagi bir guruh olimu mutaxassislarning “Radioaktiv kon ag‘darmalarni rekultivatsiya qilish usullari” ixtirochilik ishiga patent olindi. Natijada Uchquduq tumani hududidagi Geotexnologik konda tarkibida uran metallari mavjud chiqindilarni rekultivatsiya qilish uchastkasi tashkil etildi.

- Har kuni 600-800 tonna ag‘darmani qayta ishlash quvvatiga ega bu uchastkada 44 nafar ishchi-xodim mehnat qilayapti. Hozirda uran ishlab chiqarish rejamizning 5-6 foizi yangi uchastka hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Endilikda chiqindilardan mahsulot olish bilan birga ular egallab turgan maydon rekultivatsiya qilinib, foydalanishga maqbulligi taʼminlanmoqda, - deydi Geotexnologik kon boshlig‘i F.Mamajonov.

Hozirda asosan Uchquduq tumanining Moylisoy kengligida joylashgan uran konlarida amalga oshirilgan tadqiqotlar Shimoliy kon boshqarmasi Geotexnologik koni zaxirasining hajmini, uning gidrogeologik xususiyati va minerallar joylashuv sharoitini aniqlashga imkon berdi.

15 декабря2

Ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan innovatsion ishlanmalar kon rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Sulfat kislotasi konsentratsiyasi oshirilgan eritmalarni quduqlarga maqsadli yo‘naltirish, konlardan yuqori karbonatli uranni kislorodli texnologiya orqali olish, quduqlar ishlashini maromida ushlash uchun onlayn nazorat tizimini takomillashtirish shular jumlasidandir. Uranni kislorodli texnologiya orqali olish yuqori samara berib, ushbu texnologik uskunalarning soni oltitaga yetdi.

Qizilqum sahrosi bag‘rida yashirinib yotgan mineral-xomashyo zaxiralari Geotexnologik konining bir necha o‘n yil barqaror ishlashini taʼminlaydi. Kon jamoasi kelgusida ham zamonaviy texnologiyalar asosida yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish maqsadi bilan mehnat qilmoqda.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5390

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4977

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3202

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3005

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2410



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish