Batafsil: | Yaratildi: 11.12.2020 09:54 | Tahrirlandi: 11.12.2020 09:54 | Ko'rishlar soni: 1188 |
10 dekabr kuni Navoiy mashinasozlik zavodida “O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish” mavzusida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, Yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda mamlakatimizning yirik ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kun tartibiga doir maʼruzalar tinglandi, o‘zaro tajriba almashildi va yong‘in-qutqaruv amaliy-taktik mashqlar namoyish etildi.
- NKMK haqiqatda katta korxona ekan. Ilgari ijtimoiy tarmoqlar orqali u haqida tanish edim. Mana bugun kombinatda olib borilayotgan ishlar, o‘zgarishlarni hamkasblardan eshitib, yaqinroq xabardor bo‘ldim. Bugungi tadbirga ham juda katta tayyorgarlik ko‘rilibdi. Qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Buning uchun tashkilotchilarga rahmat!, - deydi Farg‘ona viloyati FVB bo‘lim boshlig‘i Abdujabbor Mo‘minov.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar va jurnalistlar uchun Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyiga press-tur tashkil etildi.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 6137 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 5684 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3428 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 3271 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2622 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…