“Jingeldi” maydonida ishchilar shaharchasi foydalanishga topshirildi

Batafsil: Yaratildi: 09.12.2020 14:50 Tahrirlandi: 09.12.2020 14:50 Ko'rishlar soni: 1521

Joriy yilning 7 dekabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-kon boshqarmasi 3-geotexnologik koni “Jingeldi” maydonida ishchilar shaharchasi foydalanishga topshirildi.

9 декабря_1

Tomdi tumanida joylashgan mazkur hududni Zafarobod qo‘rg‘onidan 110 kilometr hamda 3-geotexnologik konidan esa 52 kilometr masofa ajratib turadi. 3-GTK ishchilari Qizilqum sahrosining murakkab iqlim sharoitlarida uzoq yo‘l bosib, ushbu maydonda mehnat qilib kelayotgan edi.

9 декабря2

Ishchi-xizmatchilarga munosib ish va yashash sharoitini  yaratish maqsadida “Jingeldi” maydonida 12 ta zamonaviy vagon-yotoqxona, 20 o‘rinli oshxona, maʼnaviyat, tibbiyot hamda alohida yuvinish xonalarini o‘zida mujassam etgan 120 o‘rinli ishchilar shaharchasi barpo etildi. Vagonchalarda ishchilar yashashi uchun barcha qulayliklar yaratilgan, zaruriy maishiy texnika va isitish radiatorlari mavjud. Transport uchastkasi, dizel elektrstansiyasi, gelio qurilmalar, chiqindi suvlarni tozalash inshooti, yong‘in signalizatsiyasi hamda videokuzatuv bilan taʼminlangan ishchilar shaharchasi 5-kon boshqarmasining Taʼmirlash-mexanika sexi va qurilish uchastkasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi.

9 декабря3

5-kon boshqarmasi bo‘linmalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va nazorat qilishni yaxshilash, ishchi-xodimlarni sifatli va tezkor uyali aloqa va Internet xizmatlari bilan taʼminlash maqsadida oktyabr oyida UCELL aloqa kompaniyasi bilan hamkorlikda 3-geotexnologik koni “Jingeldi” maydonida 4G yangi tayanch stansiyasi o‘rnatildi. Natijada ishchilarga ishdan bo‘sh vaqtlarida kombinat elektron kutubxonasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek hudud atrofida istiqomat qilayotgan mahalliy aholi ham sifatli uyali aloqa va Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

9 декабря4

Ishchilar shaharchasining ochilishi marosimida NKMK rahbariyati tomonidan 5-kon boshqarmasining 1, 2, 3, 4-geotexnologik konlari boshliqlariga ISUZU rusumli avtomobillarning kalitlari topshirildi. Tadbirda shaharchaning barpo etilishiga munosib hissa qo‘shgan quruvchilar kombinat maʼmuriyati va kasaba uyushmalari Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 6139

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 5686

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3429

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3271

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2622



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish