Kombinat jamoasi – respublika musobaqasi sovrindori

Batafsil: Yaratildi: 24.11.2020 08:10 Tahrirlandi: 24.11.2020 08:48 Ko'rishlar soni: 396

Yaqinda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Buxoro viloyatidagi harbiy qismida vazirliklar, yirik korxona va tashkilotlarning Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatlari xodimlari o‘rtasida anʼanaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

11 ta jamoa ishtirok etgan ushbu respublika musobaqasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zkimyosanoat”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Uzbekistan airways”, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalar vakillari faol qatnashdilar.

24 ноября

Jamoalar 100 va 3000 metr masofaga yugurish, turnikda tortilish, o‘qotar quroldan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda o‘q otish, maxsus va harbiy-tibbiy tayyorgarlik borasida test sinovlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Natijalar yakuni bo‘yicha kombinat xodimlari faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. NKMK jamoasi 2017-2019 yillarda o‘tkazilgan mazkur respublika musobaqalarida uch yil ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.      

20 noyabr kuni NKMK maʼmuriyati va kasaba uyushmalari Kengashining qaroriga ko‘ra, jamoa aʼzolari: kombinat bo‘linmalari Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadlari xodimlari – “1-GMZ” kon boshqarmasidan F.Payzullayev, Navoiy mashinasozlik zavodidan A.To‘xtamishev, 5-kon boshqarmasidan A.Qurbonov va S.Xodiyev, Shimoliy kon boshqarmasidan A.G‘obborov, Markaziy moddiy-texnik bazasidan X.Neʼmatov va ularning murabbiysi M.Bochkaryovlar Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining Faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Kombinat jamoasini respublika musobaqalariga tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shgan NMZ Harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi guruh boshlig‘i A.Salomov, “1-GMZ” kon boshqarmasi Harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Tursunmurodov, NMZ jismoniy sog‘lomlashtirish majmuasi uslubchisi R.Bakeyev, “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubining yengil atletika bo‘yicha murabbiyi T.Suyarovlar ham Faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar.

Taqdirlash marosimida NKMK bosh direktorining o‘rinbosari N.Raxmanov, NKMK kasaba uyushmalari Kengashi raisi I.Rahmatov va Navoiy viloyati hokimligi vakillari ishtirok etishdi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 5316

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4904

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3182

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2982

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2387



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish