Batafsil: | Yaratildi: 19.11.2020 16:53 | Tahrirlandi: 19.11.2020 16:53 | Ko'rishlar soni: 385 |
Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlaridan videolavhalar tayyorlash, soha mutaxassislari bilan intervyular uyushtirish maqsadida Toshkent shahridagi Atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ijodiy guruhi korxonaga tashrif buyurdi. Ushbu safar davomida tayyorlangan materiallar Atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazining O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda shu yilning 27-28 noyabr kunlari o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda atom va fan kunlari – 2020” onlayn-festivali doirasida keng yoritilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir ishtirokchilari uchun ishlab chiqarish bo‘linmalariga press-tur tashkil etildi va ular kombinatda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, ishtirokchilar dastlab, “1-GMZ” kon boshqarmasida bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.
– Navoiy kon-metallurgiya kombinati nafaqat mamlakatimiz, balki dunyoga mashhur ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi. 1-gidrometallurgiya zavodi tarixi kombinat tarixi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Korxonamiz dastlabki mahsulotni ishlab chiqarganiga yaqinda 56 yil to‘ladi. Sexda uran oksidi ishlab chiqariladi. So‘nggi yillarda ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish, eskirgan uskunalarni almashtirish va yangi zamonaviy avtomatlashtirilgan asbob-uskunalarni o‘rnatish tufayli mahsulot ishlab chiqarishni 30 foizga oshirishga erishdik. Mustaqillik yillarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va modernizatsiyalash esa zavodda uran ishlab chiqarishni 5 baravardan ko‘proq oshirish imkonini berdi, – deydi 3-sex boshlig‘i S.Po‘latov.
Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari 5-kon boshqarmasi ishlab chiqarish bo‘linmalari va Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majumasida bo‘lishdi. Ayniqsa, sog‘lomlashtirish maskanida yaratilgan shart-sharoitlar, sport va madaniyat sohasida erishilgan yutuqlar ularda katta taassurot qoldirdi.
“NKMK tarixi” muzeyiga tashrif ham mehmonlar uchun maroqli bo‘ldi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixi va bugunidan dalolat beruvchi boy eksponatlar, turli xil maketlar, fotosuratlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar aks etgan diplom va sertifikatlar mehmonlarni o‘ziga maftun etdi.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5316 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 4904 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3182 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 2982 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2385 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…