Davlat bayrog‘i – g‘urur va iftixorimiz timsoli

Batafsil: Yaratildi: 18.11.2020 10:52 Tahrirlandi: 18.11.2020 11:10 Ko'rishlar soni: 201

18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining  Davlat

bayrog‘i  to‘g‘risida”gi  Qonun qabul qilingan kun

18 ноября

Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtirgan.

Davlatimiz bayrog‘i xalqaro maydonda, jumladan, mamlakatimiz rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsolidir.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

18 ноября2

Sana munosabati bilan “1-GMZ” kon boshqarmasining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda maʼruzachilar tomonidan bayroqlar tarixi, uning jamiyatdagi o‘rni, davlatimiz bayrog‘idagi ramzlar O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligi, milliy ramzimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i barchamizda g‘urur va iftixor tuyg‘ularni uyg‘otishi taʼkidlandi. 

Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligi, ular bizga yurt manfaati har narsada nustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish