Bayroq – bu millatning g‘ururi

Batafsil: Yaratildi: 17.11.2020 14:26 Tahrirlandi: 17.11.2020 14:31 Ko'rishlar soni: 194

17 ноября

Bayroq bu shunchaki mato emas. Unda ne-ne ajdodlar jasorati va yorug‘ kelajak uchun ishonch, or-nomus, vatanparvarlik va shon-sharaf mujassam.

Darhaqiqat, Vatan ramzlari doimo shu qadar ulug‘ va muqaddas sanalganki, uning uchun odamlar jonlarini fido qilganlar. U kishilarni yakdillikka, mushtarak maqsad yo‘lida birlashishga chorlagan.

Shayx Najmiddin Kubroning yurt bayrog‘ini yov qo‘liga topshirishni istamay qo‘liga mahkam tutgancha jon bergani bu ibrat. Tug‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi yurt fidoiylari va sarkardalar hayoti ham bugungi avlodlarimiz uchun namuna.

Sohibqiron Temur bobomiz bir bayroq ostida buyuk elni birlashtirdi. Ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi.

“Temur tuzuklari”da qayd etilishicha, yov ustidan shijoat va mardlik ko‘rsatib g‘alaba qozongan amirlar hamda sipohiylarga davlat timsollari – tug‘ va nog‘ora inʼom etilgan. Bu esa saltanat ramzlari nechog‘li baland maqom tutganidan dalolat beradi.

Shu maʼnoda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda rolini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.

O‘zbekistonimiz istiqlolga erishgach, eng avvalo, davlatimiz ramzlari, aynan 1991 yil 18 noyabr xalqimiz yodida o‘chmas va qutlug‘ sanalardan biri bo‘lib qoldi. Shu kuni, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 2-3-moddalarida bayrog‘imiz O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Bayrog‘imiz yurtimiz dunyoda xalqaro hamjamiyatning tenglar ichra teng aʼzosi ekanligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi. U bizning hech kimdan kam emasligimiz hamda aslo kam bo‘lmasligimizni yaqqol namoyon etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, bayrog‘imizni eʼzozlash fuqarolarda o‘zining qadr-qimmati, o‘z mamlakati va shaxsiga bo‘lgan ishonchni yana-da mustahkamlaydi.

Bugun milliy bayrog‘imiz davlat idora hamda muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston aʼzo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalari, mamlakatimiz aʼzolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimizning shaʼni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirmoqda.

Rio-2016 yozgi Olimpiada o‘yinlari. G‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushdik. Yoshlarimizning hech kimdan kam emasligidan g‘ururlandik. Ko‘z oldimizda hamon murabbiy yelkasida turib yurt bayrog‘ini ko‘targan Hasanboy-u, Fazliddin gavdalanadi. Quloqlarimizda esa “O‘zbekiston” degan hayqiriq jaranglaveradi. Bu kelajakka ishonch degani.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan NKMK bo‘linma va bo‘limlarida keng targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda. Faol yoshlar tomonidan “iftixorimbayrog‘im” xeshtegi ostida bayram chellenjlari tashkil etilmoqda.     

Targ‘ibot tadbirlari doirasida davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli, millatimiz g‘ururi ekanligi haqida keng tushunchalar berilmoqda.

O‘z-o‘zidan bu loyihalar ishchi-xodimlarda fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishi va yurtga daxldorlik hissining oshishiga xizmat qiladi.

NKMK Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3075

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish