Batafsil: | Yaratildi: 13.11.2020 11:27 | Tahrirlandi: 13.11.2020 14:09 | Ko'rishlar soni: 742 |
Kon ishlari kombinat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish NKMK boshqarmasining konchilik bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ishlarning asosiy turlariga ochiq, yer osti kon ishlari va burg‘ilash-portlatish ishlari kiradi.
Markaziy kon boshqarmasida “Muruntov” konini o‘zlashtirishning V-navbati” investitsiya loyihasini amalga oshirish kon ishlarida yetakchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi vaqtda konning shimoliy bortida (yon tarafida) zaxiralarni ochish va ishlov berish bo‘yicha kon ishlari olib borilmoqda. 2021 yilda Besapantov, Chuqurquduq, Balpantov va Tomdibuloq konlarining zaxiralari bilan ishlash, maʼdan qazib chiqarish hajmini oshirish va 2-gidrometallurgiya zavodiga yiliga 50 mln tonnagacha maʼdan yetkazish rejalashtirilgan.
Mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida maʼdanni kondan yuzaga tashish uchun “Doppelmayer” kompaniyasining “RopeCon” konveyer tizimini qo‘llagan holda siklli-oqimli texnologiyasi majmuasini qurish ko‘zda tutilgan. Ushbu yechim “Muruntov” konini o‘zlashtirishning IV-navbati” loyihasini amalga oshirishda noyob bo‘lgan Tik-qiya konveyeri kabi samarali transport tizimining muqobil variantlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, bu yerda kon-transport majmuasi uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, texnologik transport unumdorligini 8-10 foizga oshirish, avtoag‘dargichlar va ekskavatorlarning bekor to‘xtab turgan vaqtini 20-30 foizga kamaytirish, avtoag‘dargichlarning o‘rtacha texnik tezligini 8-10 foizga oshirish, dizel yoqilg‘isining sarfini 5-7 foizga, kon massasini tashish va qazib olish tannarxini mos ravishda 4-6 va 3-4 foizga kamaytirish imkonini beradi.
Bugungi kunda “Muruntov” konining uzunligi 4,3 kilometr, kengligi 3,2 kilometr, chuqurligi 600 metrni tashkil etadi. Konni o‘zlashtirishning V-navbati doirasida qo‘llanilayotgan kon-geologik va kon-texnik yechimlar kelajakda kon chuqurligini 1000 metrgacha yetkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, qazib olinayotgan zaxiralar 50 yil davomida xomashyo bazasini taʼminlash uchun yetarli bo‘ladi.
NKMK Matbuot markazi.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 5316 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 4904 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 3182 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 2980 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 2385 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…