NKMK ishchi-xodimlari jismoniy faollik tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda

Batafsil: Yaratildi: 11.11.2020 10:46 Tahrirlandi: 11.11.2020 10:47 Ko'rishlar soni: 313

11 ноября

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishga jalb etish maqsadida kombinat bo‘linmalarida ommaviy jismoniy faollik tadbirlari tashkil etilayapti.

11 ноября2

Yaqinda shunday tadbirlar Zarafshon shahridagi “Qizilqum”, Uchquduq shahridagi “Lochin” o‘yingohlarida, Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish markazida o‘tkazildi. Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari va “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafonida Markaziy, Shimoliy, 5-kon boshqarmalarining ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.

11 ноября4

Mamlakatimizda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini jonlantirish, ularga keng aholi qatlamlarini jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etayapti.

11 ноября3

Endilikda kombinat bo‘linmalarida ommaviy jismoniy faollik tadbirlari har haftaning shanba kunlari ertalab o‘tkaziladi. Shuningdek, kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol kabi turlari bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etiladi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4524

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4487

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 3074

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2850

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2283



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish